Polisaxaridlar bo’yicha tushuncha va ularning tasnifi


Polisaxaridlar zanjiri shoxlangan yoki shoxlanmagan bo‘lishi mumkin


Download 102.74 Kb.
bet2/9
Sana11.01.2023
Hajmi102.74 Kb.
#1089174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
срс полисахарид

Polisaxaridlar zanjiri shoxlangan yoki shoxlanmagan bo‘lishi mumkin.

  • Polisaxaridlar zanjiri shoxlangan yoki shoxlanmagan bo‘lishi mumkin.
  • YUqori polisaxaridlar ikkita katta guruhga bo‘linadi. Gomopolisaxalar va geteropolisaxaridlar. Gomopolisaxaridlar bir xil monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan ularga kraxmal, glikogen, sellyuloza va dekstranlar kiradi.
  • Geteropolisaxaridlar har xil monosaxaridlar yoki ularning hosilalaridan tashkil topgan. Geteropolisaxaridlarga ko‘pchilik hayvonlar va bakteriyalardan olinadigan polisaxaridlar kiradi, ular nisbatan kam o‘rganilgan, biroq ular organizmda muhim biologik rol o‘ynaydi. Geteropolisaxaridlar organizmda oqsillar bilan bog‘lanib, murakkab komplekslar hosil qiladi.
  • Polisaxaridlardan bo‘lgan kraxmal, shilliq moddalar, daraxt elimlarlari, va pektin moddalari tibbiyotda xamda farmatsevtika soxasida ishlatiladi.

Kraxmal – Amylym.

  • Kraxmal – Amylym.
  • Kraxmal o‘simlik to‘qimalaridagi fotosintez jarayonining mikroskopda ko‘rinadigan birinchi mahsuloti. U polisaxaridlar aralashmasidan iborat bo‘lib umumiy formulasi (S6N10O5)n.
  • Kraxmal o‘simliklar dunyosida juda keng tarqalgan bo‘lib u o‘simliklarda oz mikdardan 86% gacha bo‘lishi mumkin. Kraxmal xlorofilli organlarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘ladi. Asta-sekin barglardan shox hamda poyalar orqali o‘tib, meva va urug‘da yoki o‘simlikning er ostki organlarida yiqiladi. SHuning uchun o‘simliklarda assimilyasion, tranuit va zaxira kraxmallar bo‘ladi. Kraxmal asosan donli o‘simliklarning meva, uru\ida, ko‘p yillik o‘t o‘simliklarda esa er ostki organlarida to‘planadi.
  • Qishga to‘plangan zaxira kraxmal o‘simliklar uchun oziq modda sifatida xizmat qilsa, shuningdek tibbiyotda, farmatsevtikada xamda oziq-ovqat sanoati va boshqalarda xam shilatiladi.

Kraxmal olish usullari.

  • Kraxmal olish usullari.
  • Kraxmal o‘simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. Kartoshka tuganadidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to‘r ustida qirqichda qiriladi. Uning ustiga suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to‘r ustidagi idishga tushib cho‘kadi. Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. Suv esa to‘kib tashlanadi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo‘lganidan so‘ng quritiladi. qurigan kraxmal tarkibida 20% gacha namlik bo‘lishi mumkin.
  • Donli o‘simliklar mevasidan va urug‘idan kraxmal olish ancha murakkab. CHunki meva, urug‘ tarkibida kraxmaldan tashqari ohsil shuningdek, suvda erimaydigan boshqa moddalar ham bo‘ladi. Ana shu moddalar kraxmal olishga halal beradi. Bu birikmalarni dastavval mikroorganizmlar yordamida achitilib hamda parchalab, suvda eriydigan mahsulotlarga aylantiriladi.

Download 102.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling