Kraxmalning xususiyatlari. - Kraxmalning xususiyatlari.
- Kraxmal glyukonlarga kirib o‘simlik xujayralarida donachalar shaklda vujudga keladi. Bu donachalar 96,1-97,6% polisaxaridlardan, 0,2-0,7% mineral moddalardan, 0,6% gacha qattiq yog‘ kislotalardan va boshqalardan tashkil topgan.
- Kraxmal xidsiz, mazasiz, mayin oq poroshok bo‘lib, barmoq orasiga olib ishqalansa qichirlaydi. quritilgan, suvsiz kraxmalning zichligi 1,620-1,650.
- Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68-75O issik suvga solinsa, donachalari ishshib yoriladi va quyuq, yopishqoq suyuqlik-kleyster hosil qiladi.
- Kraxmalning eng xarakterli sifat reaksiyasi yod bilan bo‘yalishidir. Bu juda ham sezuvchan reaksiya bo‘lib, yodning eritmadagi konsentratsiyasi 1:500000 ga etsa ham kraxmal bilan ko‘k rang beradi. Yod bilan bo‘yalgan kraxmal qizdirilsa, ko‘k rang yuqoladi, sovitilganda esa yangidan ko‘k rang hosil bo‘ladi.
- Kraxmal kislotalar, ishqorlar hamda diastaza fermenti ta’sirida gidrolizlanadi. Gidroliz kislotalar ta’sirida olib borilsa, monosaxarid - glyukoza, diastaza fermenti ishtirokida o‘tkazilsa, disaxarid - maltoza hosil bo‘ladi.
Gidrolizlangan kraxmaldan glyukoza yoki maltoza hosil bo‘lmasdan avval bir qancha oraliq, mahsulotlar hosil bo‘ladi. Dekstrinlar ham polisaxaridlarga kiradi. Umumiy formulasi (S6N10O5)n. - Gidrolizlangan kraxmaldan glyukoza yoki maltoza hosil bo‘lmasdan avval bir qancha oraliq, mahsulotlar hosil bo‘ladi. Dekstrinlar ham polisaxaridlarga kiradi. Umumiy formulasi (S6N10O5)n.
- Kraxmal donachasining amilopektin va amilozadan tuzilganini quyidagi reaksiya bilan aniqlash mumkin, Buyum oynasiga kraxmalning suvdagi aralashmasidan ozgina solinadi va uning ustiga 1-2 tomchi 3% li. +onning eritmasidan tomizib, qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopning kichik ob’ektivida quriladi. Mikroskopda kraxmal donachalarining ishishini, yorilishini va yuq bo‘lib ketishini kuzatish mumkin. Preparatdagi ishqorni neytrallash uchun 1% li sirka kislota eritmasidan tomiziladi. So‘ngra Lyugol eritmasidan 1-2 tomchi qo‘shilsa, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan bo‘lakchalar binafsha, ba’zilari esa ko‘k rangga bo‘yaladi. SHulardan binafsha rangga kirgani amilopektin, ko‘k rangga kirgani amiloza hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |