Полизчилик


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana10.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1763071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
polizchilik

ekologik-geografik guruhlarga bo’lingan: 
1. Rus tarvuzi- Rossiyaning Ovrupo qismi va Ukraina tarvuz navlarini birlashtiradi, 
bular qurg’oqchilikka chidamliligi bilan farq kiladi, ularning orasida mevasi 
dumaloq shaklda, eti pushti rangda, sershira bo’ladigan navlar ustun turadi. 
2. Kichik osiyo tarvuzi- rus tarvuziga yaqin bo’ladi-yu, lekin kamroq 
madaniylashtirilgani va kamroq tekislangani bilan farq qiladi. 
3. Kavkaz orti tarvuzi- bu tarvuz navlari mezofil ko’rinishda, etining rangi och 
tusda, lekin dag’alroq va shirasi kamroq bo’ladi. 
4. O’rta Osiyo tarvuzi- Markaziy Osiyo navlarini birlashtiradi, tupi dag’alroq 
tuzilgan, palagi uzun, bargi yirik, po’sti qalin, kechpishar bo’lishi bilan ajralib 
turadi. 
5. Afg’on tarvuzi- o’rta osiyo tarvuziga yaqin turadi-yu lekin kamroq 
madaniylashtirilgani bilan farq qiladi. 
6. Uzoq Sharq tarvuzi- nam iqlim sharoitida vujudga kelgan. Bu guruhga kiradigan 
navlar palagi kalta, mevasi mayda, tezpishar, eti limon rang va kamshira bo’ladi. 
7. Sharqiy osiyo navi- Yaponiya, Xitoy va Koreya navlarini o’z ichiga oladi, yapaloq-
ellips shaklda, eti juda shirali va nordonroq bo’ladi. 
8. Hind tarvuzi- tupining tuzilishi mezofil tusda, mevalari yirik va qattiq po’stli, eti 
dag’al va shirasi kam. 


10 
9. Amerika tarvuzi- AQSh va Kanada navlarini birlashtiradi. Mevasi cho’zinchoq 
shaklda, eti ochiq rangli, mayda donador, juda sershira va lazzatli bo’lishi bilan 
ajralib turadi. 
10.G’arbiy ovrupo tarvuzi- tupi mefozil qiyofada bo’lib, yetilish muddatlari va 
morfologik belgilari turlicha bo’ladi 
4. Qovoq 4 ta kenja turkum va 25 turni o’z ichiga oladigan Cucurbita L. 
turkumiga kiradi. Mamlakatimizda ekiladigan qovoqlar har xil morfologik va 
xo’jalik-biologik belgilariga ega bo’lgan quyidagi uchta turga kiradi: 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling