Полизчилик


Xorazm qovunchilik makoni


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana10.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1763071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
polizchilik

1. Xorazm qovunchilik makoni. Shimoliy-Qoraqalpoq va Xorazm-Qoraqalpoq 
hududlarini o’z ichiga oladi. Bu yerdagi iqlim keskin kontinental, qish davri uzoq. 
Tuproqlari sho’rlangan, cho’l zonasining o’tloqi turlariga oid. Bu makonda 30 dan 
ortiq qovun turlari ekiladi. 
2. Toshkent qovunchilik makoni. Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini o’z 
ichiga oladi. Qish davri bir muncha yumshoq, yozi quriq va jazirama. Tuproqlarning 
tipik bo’z, o’tloqi-bo’z, o’tloqi va och tusli bo’z turlari tarqalgan. 
3. Farg’ona qovunchilik makoni. Farg’ona vodiysining Andijon, Namangan va 
Farg’ona viloyatlarining tekis hududida joylashgan. Qish mavsumi yumshoq, yozi 
issiq, yog’in miqdori kamligi bilan ta’riflanadi. Yerlari o’tloqi va o’tloqi-botqoq, och 
tusdagi va tipik bo’z tuproqlari sho’rlanmagan yoki kam sho’rlangan. 
4. Zarafshon qovunchilik makoni. Zarafshon daryosi havzasida joylashgan 
bo’lib, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarini qamrab oladi. Bu yerlarning iqlim 
sharoiti barcha tekis yerli tumanlarida poliz ekilarini sug’orib yetishtirishga, tog’ oldi 
tumanlarida esa lalmikor yerlarda yetishtirishga imkon yaratadi. Bu makonda asosan 
sho’rlanmagan tipik va och tusli bo’z, o’tloqi va botqoq tuproqlar, Buxoro viloyatida 
esa sho’rlangan o’tloqi va o’tloqi taqir tuproqlar tarqalgan.
5. Janubiy qovunchilik makoni. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarini o’z 
ichiga oladi. Qish davri bu yerda juda ham yumshoq, yozi jazirama. Qovunlarni 
g’alla ekinlaridan keyin takroriy ekin sifatida yetishtirish mumkin. Tuproq turlari 
rang-barang. 
Savollar: 
1. Poliz va sabzavot ekinlari o’rtasida qanday o’xshashlik va farqlar bor? 
2. Poliz ekinlari va turlarining yana qanday xususiyatlarini bilasiz? 
3. Poliz ekinlaridan qaysi biri insoniyatga oldinroq ma’lum bo’lgan?
4. Siz yashaydigan joyda poliz ekinlarining qaysi turlari va navlari yetishtiriladi? 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling