Polsha iqtisodiy ko’rsatkichi
Download 121.13 Kb.
|
Aaa
Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi.
Download 121.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling