Sanoat proletariatiing o’sishi ishchilar harakatining kuchayishi bilan birgalikda bordi. Polyak yerlarida oshkora faoliyat olib borish uchun imkoniyat yo’qligi sababli ziyolilar, o’quvchi yoshlar orasida yashirin to’garaklar tashkil topa boshladi. 1787 yilda muhojirlikda o’zining asosiy maqsadi mustaqilik va demokratik erkinliklar uchun kurash ekanligini e’lon qilgan Polyak ligasi tashkil qilindi va u Varshava bilan aloqada edi. Bu tashkilot 1893 yilda Milliy ligaga (“Liga narodova”) aylantirilib, jamiyatning turli qatlamlariga o’z ta’sirini o’tkazishga intildi. Uning rahbarlari 1897 yilda Nasional-demokratik partiyani (“endeki”) tashkil qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |