Bu davrda polyak ishchilarining harakatlari ham o’sib bordi. Lyudvik Varinskiy (ishchi bo’lgan) 1882 yilda Varshavada xitobnma nashr qilib, unda “Proletariat” sotsial-inqilobiy partiyasi tuzilganligini e’lon qildi. - Bu davrda polyak ishchilarining harakatlari ham o’sib bordi. Lyudvik Varinskiy (ishchi bo’lgan) 1882 yilda Varshavada xitobnma nashr qilib, unda “Proletariat” sotsial-inqilobiy partiyasi tuzilganligini e’lon qildi.
- Sotsialistik inqilob partiyaning maqsadi deb e’lon qilindi. Yashirin tashkilotlar tuzish, ish tashlashlar kurash shakllari deb e’tirof qilindi, shu bilan birga terrorga ham yo’l qo’yilishi ko’rsatildi.
- 1886 yilda bo’lib o’tgan sud bu partiyaning 4 nafar rahbarini qatl qilishga, boshqalarini katorgaga hukm qildi. Varinskiy 3 yildan keyin Shlisselburg qal’asida vafot etdi. 1892 yilda Varshavadagi tashkilotlar Pol’sha sotsialistik partiyasiga (PSP) birlashdilar.
- Qirolligi hududida yana bir sotsialistik partiya – Bund faoliyat ko’rsatardi. Galisiyada 1892 yilda Pol’sha sotsial-demokratik partiyasi (PSDP) tashkil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |