Pomitor kasalliklari: sabablari


Download 17.1 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi17.1 Kb.
#1235423
Bog'liq
4.4 qilindi


POMITOR KASALLIKLARI: SABABLARI
Pomidorning kasalliklarga chalinishi sabablari o'simlikni noto'g'ri yoki etarli darajada parvarish qilmaslik bilan bog'liq.
Eng keng tarqalgan zamburug’ kasalliklari.
Noto'g'ri sug'orish. Ertalab sug'orish paytida barglar ustiga suv tomchilari tushib, kun davomida mini-linzalarga aylanib, bug’lanish hisobiga barg epidermis qurishi.
Ortiqcha sug'orish, suv o'simliklarning ildiz sohasida uzoq saqlanish, pomidorning qo'ziqorin kasalliklariga olib kelishi mumkin.
ENG KO'P UCHRAYDIGAN POMITOR KASALLIKLARI VA ULARNI DAVOLASH
Zamburug’ kasalliklari.
Alternarioz (quruq dog'lanish). Kasallik issiq va nam havoda rivojlanadi. Barglarda sarg'ayish, keyin jigarrang dog'lar paydo bo'ladi va burishadi va quriydi. Erta navlar Alternariaga chidamsiz bo’ladilar.
Nazorat choralari. Kasallikning dastlabki belgilari paydo bo’lganda maydonga Ridomil Gold MC, Skor, Metaxil, Fitosporin M, mis oksiklorid yoki Bordo aralashmasi bilan ishlov beriladi
Antraknoz. Kasallangan mevalarda hira dog'lar paydo bo'ladi, yuqori barglar so'liy boshlaydi. Ko'pincha kasallik meva pishishining oxirida paydo bo'lishi mumkin. Antraknozdan pishgan mevalar va ildizlari eng ko'p zararlanadi.
Qarshi kurash choralari. Ekin maydonni Bordo aralashmasi yoki Fitosporin M eritmasi bilan ishlov berish kerak.
Kladiosporioz (jigarrang yoki zaytun dog'i). Kasallik issiqxonalarda, shuningdek gullash paytida, meva tugish fazasida yuzaga chiqadi.
Belgilari:
Birinchidan, barg yuzasida sariq dumaloq dog'lar, pastki qismida esa jigarrang, nozik momiq qoplama (zamburug' sporlari) paydo bo'ladi. Barglari buklana boshlaydi, quriydi, mevalar yumshoq, jigarrang bo’lib yetishadi.
Qarshi kurash choralari. Kasallikning dastlabki belgilarida o'simliklarni fungitsid preparatlaridan biri bilan Bariyer, Bariyer, Fitosporin M, Bordo aralashmasi bilan ishlov berish va haftalik tanaffus bilan yana uch marta takrorlash.
Qora oyoq (ildiz chirishi). Keltirib chiqaruvchi omillar ortiqcha o'g'itlash, pomidorni bir joyda (4 yildan ortiq)uzluksiz etishtirishdir.
Kasallikning ta’sir mexanizmi pastki qismidagi poya qoraya boshlaydi,ingichkalashadi, chiriydi va o'simlik nobud bo’ladi.
Nazorat choralari. Qum chelakiga 2 osh qoshiq Dolomit unini qo'shib o'simlik ostiga to’shab, zudlik bilan tuproqni quritish. O'simliklarni Fitosporin M, Skor, Bariyer, Zaslon yoki Bordo suyuqligi sepish yo’li bilan kimyoviy qarshi kurashiladi.
Virusli kasalliklar.
Mozaika. Kasallikning belgilari barglar va mevalarda sariq dog'lar va chiziqlar paydo bo'ladi, barglari o'raladi, quriydi va to’kiladi.
Virus juda bardoshli va +95 daraja haroratda ham o'lmaydi.
Kurash choralari. Kasal o'simliklarni davolash usullari yo’q. Ularni dolib tashlab yoqish kerak. Sog'lom o'simliklarni kaliy permanganat yoki trisodyum fosfatning malinali eritmasi bilan davolash tavsiya etiladi.
Xlorotik jingalak. Ushbu virusli kasallikning tashuvchisi oq pashsha. Kasallangan pomidor barglari kichik bo’ladi,rangini yo'qotadi mevalar juda kichik bo'ladi.
Kurash choralari. Oq qanotga qarshi kurashishda Pomidorlarga sarimsoq va piyoz yoki tamaki eritmasi bilan ishlov berish.
Download 17.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling