Pon (Passive optical network)texnologiyasi bo’yicha tushuncha bering? Pon texnologiyasi
O‘tkazuvchanlik xususiyatiga kelsak, uning ikki varianti mavjud
Download 28.78 Kb.
|
Pon (Passive optical network)texnologiyasi bo’yicha tushuncha be
O‘tkazuvchanlik xususiyatiga kelsak, uning ikki varianti mavjud:
• birinchisi, ikkala yo‘nalishda ham ma’lumotlarni uzatish tezligi 155 Mbit/s bo‘lgan simmetrik trafiklarga mo‘ljallangan; • ikkinchisi, asimmetrik bo‘lib, abonentdan tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish 155 Mbit/s, tarmoqdan abonentga esa 622 Mbit/s tezlikda amalga oshadi.Bunday texnologiyalarni qo‘llaganda tarmoqlagichlar (yoki splitterlar) soni va kanal uzunligi, qo‘llaniladigan lazerga va optik toladagi yo‘qotishga bog‘liq. Bunday PON tarmog‘ining bitta segmenti 20 km gacha bo‘lgan radiusda 32 abonentni ta’minlashi mumkin. Barcha abonent tugunlari terminaldir, ya’ni birorta tugun ishdan chiqsa yoki o‘chirilsa, boshqasining ishiga ta’sir qilmaydi. Har bir abonent tuguni oddiy xonadonga yoki bir necha yuz abonentlarga ega bo‘lgan ofis binosidan iborat. Markaziy tugun PON ning 4 tagacha segmentini qo‘llashi mumkin. Axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun bir tola yetarlidir.PON arxitekturasining asosiy g‘oyasi o‘zining markaziy tuguni OLT da bitta qabul qilib, uzatuvchi modulni qo‘llash va bu modul orqali ko‘pgina abonent qurilmalari ONT ga axborotni uzatish va ulardan qabul qilishdan iborat. OLT ning bitta qabul qilib uzatuvchisiga ulangan abonent (ONT) lar soni juda katta bo‘lishi mumkin. Bu, asosan, quvvat va qabul qilib uzatuvchi appara- turaning tezligi bilan bog‘liq. OLT dan ONT ga uzatiladigan ma’lumotlar oqimi uchun tarmoqdan abonentga, ya’ni to‘g‘ri oqimlar uchun 1550 nm, turli abonent tugunlaridan markaziy tugunga ma’lumotlar oqimini uzatish (teskari oqim) uchun 1310 nm to‘lqin uzunligi qo‘llaniladi. OLT va ONT larda kirish va chiqish oqimlarini ajratish uchun multipleksorlar joylashgan. Endi bu texnologiyali passiv tarmoqlagichlar orqali oxirgi mijozlarga bog‘lanishini qarab chiqamiz.PON tarmog‘i pragmatik tarmoq modelini taklif qilgan holda o‘zining kuch nisbatini o‘zgartiradi. Bitta optik tolani, telefon tugunidan potensial mijozlar guruhiga ega bo‘lgan rayon, korxona yoki shaxsiy foydalanuvchigacha yetkazadi. Bunday operatorlar kabelni yotqizish uchun ketgan xarajatni qoplashiga juda ishonadi. Chunki operator shaharda xizmat qilishga mo‘ljallangan, lekin qaysi korxona uning xizmati bilan qiziqishi noma’lum. Telefon tugunlarida lozim bo‘lgan optik chiqishlarning mavjud emasligi va har bir mijoz hududida ajratgich (birlashtirgich)larni joylashtirish nazarda tutilsa, bunday operatorning boshlang‘ich xarajatlari zudlik bilan kamayadi. Agar shu hududda to‘satdan yangi buyurtmachi paydo bo‘lsa, qo‘shimcha optik ulovchi liniyalarni yotqizish talab qilinmaydi, operator PON ni ulovchi liniyaga qisqa liniya yotqizadi va tarmoqlagich joylashtiradi (agar kengaytirish imkoni bo‘lsa).6.21-rasmdan ko‘rinib turibdiki, passiv qurilmalar yordamida mijozlarga axborotlar tarqatiladi. PON texnologiyasi Full Services Access Network (FSAN) standartiga asoslangan bo‘lib, bu texnologiya 6.21-rasmdagi standartlar bo‘yicha qurilishi mumkin: • APON — ATM protokolini qo‘llashga asoslangan; • EPON — Ethernet formatida kadrlarni optik trakt orqali uzatishga asoslangan; • BPON — Broadband PON — keng polosali xizmatlar bilan birga Ethernet ulanishni, analog va raqamli videoni translatsiya qilishni amalga oshiradi; • GPON — Gigabit PON — yangi yechim, juda yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, multiservisli xizmatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling