Populyatsiyalar ekologiyasi
Download 0.61 Mb.
|
2 mavzu Javohir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik yondashishda quyidagilar o’rganiladi
Populyatsiyalar ekologiyasiPopulyastiya haqida tushuncha
Populyastiyalar ekologiyasining ob’ekti qilib butun ekosistema, ya’ni o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar populyastiyalarining barqaror kompleksi va ular egallab turgan terrritoriya yoki akvatoriyasi olinadi. Bu esa sistemali yondashish deyiladi. Ekologiyada bir necha yondashish mavjud bo’lib, ular ichida qabul qilingani ekosistemali va populyastiyalarni o’rganib yondashishlaridir. Ulardan birinchisi asosiy e’tiborni ekosistemaga, ikkinchisi esa populyastiyaga qaratadi. Demak, ular orasidagi farq ob’ektida.
Populyastiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch. Elton bo’lib, populyastiyalar ekologiyasi fani 1930-yilda vujudga keldi. Ch. Elton o’zining "Hayvonlar ekologiyasi" kitobida ayrim organizmlarni o’rganishdan populyastiyalarni o’rganishga o’tish kerakligini aytgan. Chunki bu darajada moslashish va boshqarish yaqqol ko’rinadi, bunda asosiy masala populyastiya sonining dinamikasi hisoblanadi.
Populyastiya, bir butun sistema shaklida, tashqi omillar bilan bog`langan holda o’rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada "populyastiyalar biologiyasi" sohasi mavjud. Bunda, populyastiyaning joydagi roli — konsument, produstent va redustentlar, xar—xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biostenozdagi roli o’rganiladi. Ekologik yondashish populyastiyalarning muhit fizik—geografik omillariga moslashishini o’rganish bilan birga, biotik bog`lanishlarga bog`liq, organizmlarning ko’payish va boshqa organizmlar bilan ekosistemada birga yashashini ham o’rganadi.
Ekologik yondashishda quyidagilar o’rganiladi:
Populyastiya-bu tabiiy tarixiy, genetik evolyustion sistemadir. Populyastiyalar ekologiyasi katta ahamiyatga ega bo’lgan hayvon va o’simliklarni ko’paytirish yo’llarini topish maqsadida vujudga keldi. Bunda, har xil parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling