Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 62 Kb.
|
Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi
Xomashyo materiallari va yoqilg‘i Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari ishlatiladi. Keyingi yillarda portlandsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va, asosan domna shlaklari, issiqlik elektr stansiyalari kullari, nefelen chiqindilaridan foydalanilmoqda. Shuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfotsement va SO2 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Nefelen shlami tarkibida 25…30% SiO2; 2…5%АI2O3% 3…5% Fe2O3; 50…58% СаО va 3…8% boshqa oksidlar, chunonchi 1,5…3% ishqorlar bor. Tarkibida shuncha SaO bo‘lgan materialga 15…20% ohaktosh qo‘shib, portlandsement ishlab chiqarish uchun xomashyo aralashmasini tayyorlash mumkin. 40…50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo‘lgan domna shlaklari ham portlandsemnt ishlab chiqarish uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Gil, ayniqsa lyoss suvda osongina ivib, bo‘shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog‘ jinslaridan iborat. Gilning mineralogik tarkibi, asosan suvli alyumosilikatlar va kvarsdan iborat. Gillarning kimyoviy tarkibida, asosan uchta oksid bor: kremniy oksid (60-80% ), alyuminiy oksid (5-20%) va temir oksid (3-15%). Gilda oz miqdorda karbonat tuzlari holida CaO va MgO uchrashi mumkin. Lekin gillaning bazi turlarida kalsiy oksid 25%gacha, magniy esa 3% gacha bo‘ladi (masalan: slanets va lyosslar.) Gillar tarkibida SO3, Na2О va К2О kabi eruvchan tuzlar ham uchraydi. Bu esa maqsadga muvofiq emas, klinker ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan gillarda bu tuzlarning miqdori iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Kalsiy karbonatli jinslar tabiatda ohaktosh, bo‘r, ohaktosh chig‘anoq va marmar holida uchraydi. Karbonatli jinslarning marmardan boshqa hamma turlari portlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kimyoviy sof kalsiy karbonat tarkibida 56% SaO va 44% СО2 bo‘ladi. Biroq, tabiatda faqat kalsiy karbonatdan iborat sof ohaktoshlar kam uchraydi. Portlandsement ishlab chiqarishda ishlatiladigan ohaktoshlar tarkibida SaO dan tashqari qumtuproq (8%gacha), giltuproq (2%gacha), temir oksidlar (1%gacha) bo‘lishi mumkin. Mergellar gilsimon moddalar va juda mayda kalsiy karbonat zarrachalarining tabiiy aralashmasidan iborat cho‘kindi tog‘ jinsi hisoblanadi. Mergellarning mavjudligiga qarab, mergel ohaktosh (90-95% СаСО3), ohaktosh–karbonat mergel (70-90% СаСО3), va mergel (50–70% СаСО3)ga bo‘linadi. Bunday mergel kuydirilgandan so‘ng kimyoviy tarkibi bo‘yicha klinkerga o‘xshab ketadi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling