Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 62 Kb.
|
Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
KLINKERNI TUYISH
Muayyan texnik xossalariga ega bo‘lgan portlandsement olish uchun klinkerni tuyish, unga gips va aktiv mineral qo‘shilmalar qo‘shish kerak. Gidravlik qo‘shilmalarning ko‘pi g‘ovak, tabiiy sharoitda juda nam bo‘ladi. Shuning uchun qo‘shilmalar quritib tuyiladi. Gipsli qo‘shilma sifatida ikki molekula suvli gips, ya’ni gipstosh ishlatiladi. Gipstosh jag‘li maydalagichlarda maydalanadi, u odatda quritilmaydi. Bu qo‘shilmadan ko‘pi bilan 2-3% qo‘shiladi. Tayyorlangan klinker qanchalik mayda tuyilsa, portlandsementning aktivligi shunchalik yuqori bo‘ladi, u tez qotadi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasida eng ko‘p energiya sarflanadigan operatsiyalardan biri tuyish hisoblanadi. Sementlarning solishtirma sirti ortgan sari uning mustahkamligi va qotish tezligi ortadi, chunki zarrachalarning aktiv sathi o‘sadi. Ammo bu ko‘rsaigichlar ma’lum disperslik darajasigacha, ya’ni solishtirma sathi 700-800 m2g‘kg bo‘lguncha ortadi. Bu chegaradan so‘ng qotgan sementtoshning mustahkamlik ko‘rsatgichlari odatda yomonlashadi. Amalda kukunlash ikki xil sxemasi ishlatiladi: ochiq sikl va yopiq sikl. Klinkerni ochiq sikl bo‘yicha tuyayotganda materiallar tegirmondan qo‘shimcha ishlovsiz bevosita tayyor mahsulotlar omboriga yuboriladi, yopiq siklda esa tegirmondan chiqqan materiallar separatorlarda elanadi, sementning yirik donalari qayta tuyishga yuboriladi, maydasi esa tayyor mahsulotlar omboriga jo‘natiladi. Tayyor sement zavodlarida har birining sig‘imi 2500-10000 t bo‘lgan diometri 8-18 m va balandligi 25-40 m bo‘lgan temir beton siloslarda saqlanadi. Sement siloslarining umumiy sig‘imi 10 sutkalik ishlab chiqarilgan sementni saqlashga yetarli bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Har bir zavoda bunday siloslardan kamida 4 ta bo‘lishi kerak. Ikkitasida sement yetiladi va soviydi uchinchisiga sement to‘ldiriladi, to‘rtinchisidan olinadi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling