Portlashning texnologik parametrlari haqida umumiy ma’lumot. Portlatish skvajinalari diametrini tadqiq qilish
Download 49.28 Kb.
|
13-m\'ruza
5. Pog‘ona balandligini tanlash.
Pog‘ona balandligi tanlashda qazish-yuklash va transport vositalarining xavfsiz ishlash sharoiti va foydali qazilmani jadal sur’atlarda qazib olishni ta’minlovchi balandlik tanlanadi. Pog‘ona balandligi ekskavator parametrlari, portlatish ishlarini olib borish usuli hamda portlashdan so‘ng hosil bo‘ladigan kon jinslari mayda bo‘laklari uyumining kengligi va qiyalik burchagiga bog‘liq. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda pog‘ona balandligi akad. N.V. Melnikov formulasi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi: bunda: V = 0,8 (Rch + Rp) – portlashdan so‘ng hosil bo‘ladigan kon jins mayda bo‘laklari uyumining kengligi, m; Rch – ekskavtorning qamrash radiusi, m; Rr – ekskavatorning yukni ag‘darish radiusi, m; α - portlashdan so‘ng hosil bo‘ladigan kon jins mayda bo‘laklari uyumining qiyalik burchagi, gradus; β – pog‘ona otkosining qiyalik burchagi, gradus; kr – kon jinslarining maydalanish koeffitsienti; η' – birinchi qatorda joylashgan skvajina ost qismi qarshilik chizig‘ining pog‘ona balandligiga nisbati bo‘lib, odatda uning qiymati 0,55÷0,7 ga teng; η"- skvajina qatorlari orasidagi masofaning pog‘ona ost qismi qarshilik chizig‘iga nisbati bo‘lib, odatda uning qiymati 0,75÷0,85 ga teng. YUqorida keltirib o‘tilgan formula pog‘ona balandligini ekskavatorning texnologik parametrlariga bog‘liq holda aniqlash imkonini beradi. Bizga ma’lumki qoyali kon jinslarini to‘g‘ri mexanik belkurakli ekskavatorlar bilan yuklashda pog‘ona balandligi ekskavator eng katta qamrash balandligidan 1,5 marta katta qilib olinadi. Pog‘ona balandligini tanlashda portlashdan so‘ng hosil bo‘ladigan kon jinslari uyumining kengligi va burg‘ulash-portlatish ishlari texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarini ham hisobga olish talab etiladi. Masalan, EKG-15 ekskavatori uchun pog‘ona balandligini quyidagicha hisoblash mumkin: Download 49.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling