Portlashning texnologik parametrlari haqida umumiy ma’lumot. Portlatish skvajinalari diametrini tadqiq qilish


Perebur ratsional qiymatini tanlash


Download 49.28 Kb.
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi49.28 Kb.
#1763440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-m\'ruza

3.Perebur ratsional qiymatini tanlash

Biror kon sharoitida skvajina diametri va skvajinalar bir-biriga yaqinlashish koeffitsienti qiymati aniqlangandan so‘ng ushbu sharoit uchun perebur qiymatini aniqlash talab etiladi.


Skvajina ichiga joylashtirilgan zaryad portlatilganda portlash gazsimon mahsulotlarining kon massiviga urilishi natijasida ushbu muhitda kuchlanish to‘lqini hosil bo‘lib ushbu to‘lqin ta’sirida kon massivi buziladi ya’ni parchalanadi. Ushbu hodisa skvajina zaryadining pastki qismida ham kuzatilsada, lekin zaryad mazkur qismi portlashidan ajralib chiqayotgan energiyadan qoniqarli darajada foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. YA’ni zaryad pastki qismining energiyasi pog‘ona ostki qismini yaxshi ishlanishiga sarflanadi. Karerlarda perebur qiymati 5 m gacha etadi.
Perebur qiymatining kon jinslari maydalanishiga ta’sirini yutuq va kamchiliklari quyidagilardan iborat:



  • Pereburni burg‘ulash uchun qo‘shimcha xarajatlar sarflanishi;

  • Pereburda joylashgan zaryad portlashida ajralib chiqadigan energiya asosan pog‘ona ost qismini maydalashga sarflanadi, ya’ni zaryad paski qismining foydali ish koeffitsienti juda past bo‘ladi. Karerlarda burg‘ulash-portlatish ishlari parametrlarining noto‘g‘ri tanlanishi perebur chuqurligining oshishiga olib keladi. Pereburning qiymati pog‘ona balandligining 30% igacha yoki skvajina diametridan 20 martagacha katta qilib olinishi mumkin.

  • Pereburning katta qiymatlarda olinishi portlatish ishlari olib borilgan pog‘ona ostidagi pog‘ona ustki qismining kuchli parchalanishiga ya’ni darzliklar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa pastki pog‘onada burg‘ulash stanogi unumdorligining ayrim hollarda 2 martagacha kamayishiga olib keladi. SHu bilan bir qatorda pog‘ona ustki qismida darzliklar bo‘lishi portlashdan so‘ng negabaritlar hosil bo‘lishiga olib keladi.

  • Pereburni burg‘ulashdan birdan-bir ko‘zda tutilgan maqsad, pog‘ona balandlik otmetkasini bir me’yorda ushlab turishdan iboratdir. Perebur qiymatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: kon jinslarining fizik-mexanik xossalari, pog‘ona pastki qismidagi kon jinslari qatlamlari qalinligi va yotish sharoitlari, zaryadlarni portlatish sxemasi, burg‘ulash-portlatish ishlari parametrlari, zaryad konstruksiyasi va qo‘llanilayotgan portlovchi modda xarakteristikasi.

Hisoblash ishlarida perebur chuqurligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:

Bunda: d – skvajina diametri, m.

Download 49.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling