Portlashning texnologik parametrlari haqida umumiy ma’lumot. Portlatish skvajinalari diametrini tadqiq qilish


Pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i qiymati


Download 49.28 Kb.
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi49.28 Kb.
#1763440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-m\'ruza

4. Pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i qiymati
Pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i qiymati bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ushbu omillarni quyidagi uchta guruhga birlashtirish mumkin:

  • Birinchi guruhga portlatilayotgan muhitni tavsiflovchi portlatilayotgan pog‘ona tashkil topgan kon jinslari qatlamlari qalinligi, berilgan kon jinslarining portlash ta’sirida maydalanuvchanligi, massivning umumiy darzliligi kabi omillar kiradi;

  • Ikkinchi guruhga skvajinali portlovchi modda zaryadini tavsiflovchi va portlatish impulsining shakli va uzunligini aniqlovchi portlovchi modda turi, zaryad diametri va balandligi kabi omillar kiradi;

  • Uchinchi guruhga portlovchi modda zaryadining massivda joylashishini tavsiflovchi zaryadlar orasidagi nisbiy masofalar, kolonkali zaryad uzunligi, perebur qiymati kabi omillar kiradi.

Zamonaviy mezanizatsiyalashtirilgan katta karerlarda foydali qazilmalarni qazib olishda pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i qiymati pog‘ona ost qismining ishlanishi bilan xarakterlanadi. Vertikal skvajina zaryadlari bilan portlatish ishlarini olib borishda ularning diametri, pog‘ona balandligi va qiyaligi bilan bog‘liq holda tanlanishi talab etiladi. Pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘i qiymati S.A. Davidov formulasiga asosan quyidagicha aniqlanishi mumkin:

bunda KT – massiv darzlilik koeffitsienti bo‘lib, uning qiymati 1÷1,2 ga teng bo‘ladi;
∆ - zaryadlash zichligi, kg/dm3;
d – skvajina diametri, dm.
«Soyuzvzrыvprom» tresti pog‘ona ost qismining qarshilik chizig‘ini hisoblash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi:

gde r –1 m skvajinadagi portlovchi modda massasi, kg;
q – portlovchi moddaning solishtirma sarfi, kg/m3.
Agar portlatish ishlari zaryadlar seriyasi bilan olib borilayotgan bo‘lsa yuqoridagi formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


1-rasm. Vertikal skvajina zaryadining parametrlarini aniqlash sxemasi.

Download 49.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling