Selitrali sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar ishlab chiqarishda olimlardan Yu.Xariton, A.Belyaev, K.Andreev, A.Apin va boshqalarning xizmati katta. Ular tomonidan detonastiya tezligining mexanizmi o’rganilib ishlab chiqarishga taqdim etilgan. Selitrali portlovchi moddalarni ishlab chiqarish ayniqsa 1945 yildan keyin rivojlandi. Bu konchilik va irrigastiya qurilish ishlarida portlatish ishlarining keng rivojlanishi bilan bog’liqdir. Yuqoridagilar portlatish moddalarining yangi va keng assortimentini ko’p marotaba ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lib, bu ishlarga juda ko’plab ixtisoslashgan loyiha institutlari, laboratoriyalari, ishlab chiqarish tashkilotlari va olimlari jalb qilish ishlari orqali amalga oshirildi. Olimlar qatoriga: N.N.Semenov, Yu.B.Xariton, N.V.Melnikov, E.I.Щemyakin, K.K.Andreev, A.F.Belyaev, G.P.Demidyuk, E.G.Baranov, D.E.Vlasov, L.N.Marchenko, V.M.Mosinest, B.N.Kutuzov, N.F.Kusov, G.I.Pokrovskiy, A.N.Xanukaev, V.R.Raximov, B.R.Raimjanovlarni keltirishimiz mumkin. Fanning maqsadi – Sanoatda qo’llaniladigan portlovchi moddalarning asosiy xususiyatlari va tarkibini o’rganib portlatish ishlari texnologiyasini turli sharoitlarda o’rganishdir. Asosiy echimlar quyidagilardan iborat: tog’ jinslarining fizik, mexanik va kon texnologik xossalarini o’rganish; shpur va skvajinalarni Burgilash prostessida tog’ jinslarini maydalash usullari va tasnifini o’rganish; portlatish ishlarida tog’ jinslari maydalanishiga qo’yilgan texnologik talablar va portlatish ishlarini bajarish usullari; portlatishda bajarilgan ish va energiya balansi; sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar tasnifi; ochiq kon iishlarida qo’llaniladigan sanoatlashtirilgan portlovchi moddalar xossalari va tarkibini o’rganish; ochiq va er osti kon iishlarida qo’llaniladigan, gaz va changdan xavfli shaxtalardan tashqari, sanoatlashtirilgan portlovchi moddalarning xossalari va tarkibini o’rganish;
Do'stlaringiz bilan baham: |