Portlatish va portlovchi moddalar haqida umumiy malumot Portlovchi moddalar
Zaryadlash ishlarini mexanizatsiyalash
Download 302.77 Kb.
|
vzriv
Zaryadlash ishlarini mexanizatsiyalash
PM skladlarida yuklash - bo’shatish ishlari (PM xaltalari vagondan chiqarish, ularni omborxonaga tashish va jovonlarga joylashtirish, PM larni javonlardan olib zaryadlash maydonlariga yetkazish) o’ziyurar akkumulyatorli g’altaklar (elektrokar deb nomlanadi) va kichik gabaritli akkumulyatorli yuklagichlar bilan amalga oshiriladi. Oddiy PM ni tayyorlash uchun qismlarini tayyorlash ammiak selitrasini (AS) ochish va uni maydalashga asoslanadi. AS ni ochish maxsus ochuvchi asboblar yordamida amalga oshiriladi, va uni maydalash - ishchi organlari uchqun chiqishini oldini oladigan materiallar ulangan shekli maydalagichlar yordamida amalga oshiriladi. Turib qolgan AS ni maydalash uchun chirindilarni maydalagichlardan foydalanish mumkin (misol uchun, ISU-4 maydalagichi). Karyerlarda sutkalik 20t dan yuqori foydalaniladigan karyerlarda PM larni tayyorlash turli tuzulishli mexanizatsiyalangan majmualarda amalga oshiriladi, ular o’z ichiga AS saqlagichni, turg’un aralashtiruv uskunasini va tashish-zaryadlash mashinalarini oladi. Uncha katta bo’lmagan hajmlarda portlatish ishlarini olib borish bevosita ish joyida amalga oshiriladigan aralashtirish-zaryadlash mashinalari bilan amalga oshiriladi. Skvajinalarni zaryadlash uchun turli zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. Granulalangan PM lar uchun PM ni tayyorlash joyidan zaryadlash joyiga tashiydigan bir bunkerli mashinalar, va zaryadlash joyida turli grammonitlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ikki bunkerli mashinalardan foydalaniladi. Bunkerdan PM skvajinaga qisilgan havo bilan, shnek bilan yoki og’irlik kuchi ta’sirida yuboriladi. Skvajinadagi zaryad og’irligi dozator yordamida nazorat qilinadi. Karyerlarda universal pnevzaryadlash mashinalari qo’llaniladi, ular ikki bunkerli va umumiy sig’imi 7 3 м bo’ladi va KrAZ -222 shassisiga qotirilgan bo’ladi (SUZN-5A, SUZN-5AM). Ular skvajinalarni granulalangan trotil va grammonit bilan zaryadlay oladi. Igdanitni tayyorlash va skvajinani zaryadlash uchun shuningdek MZ-3, MZ-4 va boshqa turdagi aralashtirish-zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. Bunkerdan shnek-dozator orqali yuboriladigan ammiak selitrasiga 0.3 MPa bosim bilan solyar moyi sepiladi. Skvajinalarni zaboyka qilish uchun SUZN-1, SUZN-1V, ZS-1B va boshqa mashinalardan foydalaniladi. Zaboyka sifatida boyitish fabrikalari qumi, maydalangan tosh qo’llaniladi. Download 302.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling