Portlatuv ishlari


Download 38.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1586990
Bog'liq
Portlatuv ishlari - Vikipediya



Portlatuv ishlari
Portlatuv ishlari — tabiiy (tog jinsi,
yogʻoch, muz) yoki sunʼiy (tosh, gʻisht,
beton devor, metallar va boshqalar)
materiallarni koʻporish, siljitish, ularning
tuzilishi yoki shakl oʻzgarishini tekshirish
maqsadida xalq xoʻjaligida bajariladigan
ishlar. Portlatuv ishlari portlovchi
moddalar va zaryad yordamida bajariladi.
Portlovchi moddalarni qoʻporiladigan
obyekt orasiga joylashtirish uchun unda,


odatda, oldindan burgʻilab boʻshliq
(shpur, kamera) qaziladi.
Portlatuv ishlari ning qoʻllanish sohasi
keng. Ular konchilikda eng koʻp
ishlatiladi: qazilma boyliklarni seysmik
usulda qidirish, konlarni ochish, qattiq
qazilma boyliklarni qazib olish va boshqa
Qurilishda Portlatuv ishlaridan qurilish
may-donchalarini tekislash, muzlik va
qoyali zaminlarni yumshatish, harsang
tosh va ildizlarni qoʻporish, toʻgʻonlar
qurish, yoʻl va gidrotexnik tonnellar qurish
va boshqalarda foydalaniladi. Su v
xoʻjaligida Portlatuv ishlari yordamida
suv havzalari tubini va daryoning kema
qat-naydigan joyi (farvateri)ni


chuqurlashtirish, koʻl ostiga tiqilib qolgan
katta muz boʻlaklarini parchalash,
inshootlarni bahorgi muz siljishlaridan
saklash va boshqa bajariladi. Sh i moliy
qutb sharoitida Portlatuv ishlari bilan
muz uyurmalari parchalanadi, muzlab
qolgan kemalar muzlardan tozala-nadi va
boshqa Metallurgiya sanoa-tida Portlatuv
ishlaridan metallarni, poʻlatlistdan
shtamplangan murakkab detallarni va
metallarning payvandlangan joylarini
mustahkamlashda, quymalarni kuyindi va
zangdan tozalash va boshqalarda
foydalaniladi. Neft va gaz sanoatida
quduqlarda torpedalarni portlatish yoʻli
bilan neft katla-midagi debit oshiriladi,
suv ostidan neft qazib chiqarish uchun


sunʼiy toʻgʻon va yer osti neft ombori
quriladi. Portlatish yoʻli bilan neft va gaz
quduqlaridagi yongʻin oʻchiriladi.
Elektr detonatorlarni portlatish portlatuv
mashinasi bilan amalga oshiriladi.
Portlatuv mashinasi elektromagnitli,
kondensatorli va dinamo-elektrikli xillarga
boʻlinadi. Kondensatorli portlatuv
mashinasi koʻp tarqalgan, unda tok
manbai sifatida kondensator ishlatiladi.
Mashinaning ishlash tarzi kam quvvatli
elektr toki manbaidan olingan elektr
energiyani 10—20 sek kondensatorga
yigib, yi-gʻilgan energiyani portlatish
tarmogʻiga ulashdan iborat.


Portlovchi moddalardan tinch
maqsadlarda foydalanish qadimdan
maʼlum; birinchi marta 1448—72 yillarda
Neman daryosini tosh va boshqa
jinslardan tozalashda ishlatilgan.
Keyinchalik poroxdan foydalanib ruda
qazib chiqarish Rossiya (1617), Sileziya
(1627), Chexiya (1629), Angliya (1670) va
boshqa joylarda keng tarqala boshladi.
Keyin elektr usuli bilan portlatish (1812)
va dina-mitning (1860) ixtiro qilinishi,
burgʻilash mashinalari (1861), kapsyul-
detonatorlarning yaratilishi (1867)
Portlatuv ishlarini keng rivojlantirishga
olib keldi. Portlatuv ishlarida zaryadining
kuchi 0,1 t dan bir necha ming t gacha


boʻlgan portlovchi moddalar va yadroviy
portlashdan foydalaniladi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar

Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling