Portlatuv ishlari
Download 38.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Portlatuv ishlari - Vikipediya
Portlatuv ishlari Portlatuv ishlari — tabiiy (tog jinsi, yogʻoch, muz) yoki sunʼiy (tosh, gʻisht, beton devor, metallar va boshqalar) materiallarni koʻporish, siljitish, ularning tuzilishi yoki shakl oʻzgarishini tekshirish maqsadida xalq xoʻjaligida bajariladigan ishlar. Portlatuv ishlari portlovchi moddalar va zaryad yordamida bajariladi. Portlovchi moddalarni qoʻporiladigan obyekt orasiga joylashtirish uchun unda, odatda, oldindan burgʻilab boʻshliq (shpur, kamera) qaziladi. Portlatuv ishlari ning qoʻllanish sohasi keng. Ular konchilikda eng koʻp ishlatiladi: qazilma boyliklarni seysmik usulda qidirish, konlarni ochish, qattiq qazilma boyliklarni qazib olish va boshqa Qurilishda Portlatuv ishlaridan qurilish may-donchalarini tekislash, muzlik va qoyali zaminlarni yumshatish, harsang tosh va ildizlarni qoʻporish, toʻgʻonlar qurish, yoʻl va gidrotexnik tonnellar qurish va boshqalarda foydalaniladi. Su v xoʻjaligida Portlatuv ishlari yordamida suv havzalari tubini va daryoning kema qat-naydigan joyi (farvateri)ni chuqurlashtirish, koʻl ostiga tiqilib qolgan katta muz boʻlaklarini parchalash, inshootlarni bahorgi muz siljishlaridan saklash va boshqa bajariladi. Sh i moliy qutb sharoitida Portlatuv ishlari bilan muz uyurmalari parchalanadi, muzlab qolgan kemalar muzlardan tozala-nadi va boshqa Metallurgiya sanoa-tida Portlatuv ishlaridan metallarni, poʻlatlistdan shtamplangan murakkab detallarni va metallarning payvandlangan joylarini mustahkamlashda, quymalarni kuyindi va zangdan tozalash va boshqalarda foydalaniladi. Neft va gaz sanoatida quduqlarda torpedalarni portlatish yoʻli bilan neft katla-midagi debit oshiriladi, suv ostidan neft qazib chiqarish uchun sunʼiy toʻgʻon va yer osti neft ombori quriladi. Portlatish yoʻli bilan neft va gaz quduqlaridagi yongʻin oʻchiriladi. Elektr detonatorlarni portlatish portlatuv mashinasi bilan amalga oshiriladi. Portlatuv mashinasi elektromagnitli, kondensatorli va dinamo-elektrikli xillarga boʻlinadi. Kondensatorli portlatuv mashinasi koʻp tarqalgan, unda tok manbai sifatida kondensator ishlatiladi. Mashinaning ishlash tarzi kam quvvatli elektr toki manbaidan olingan elektr energiyani 10—20 sek kondensatorga yigib, yi-gʻilgan energiyani portlatish tarmogʻiga ulashdan iborat. Portlovchi moddalardan tinch maqsadlarda foydalanish qadimdan maʼlum; birinchi marta 1448—72 yillarda Neman daryosini tosh va boshqa jinslardan tozalashda ishlatilgan. Keyinchalik poroxdan foydalanib ruda qazib chiqarish Rossiya (1617), Sileziya (1627), Chexiya (1629), Angliya (1670) va boshqa joylarda keng tarqala boshladi. Keyin elektr usuli bilan portlatish (1812) va dina-mitning (1860) ixtiro qilinishi, burgʻilash mashinalari (1861), kapsyul- detonatorlarning yaratilishi (1867) Portlatuv ishlarini keng rivojlantirishga olib keldi. Portlatuv ishlarida zaryadining kuchi 0,1 t dan bir necha ming t gacha boʻlgan portlovchi moddalar va yadroviy portlashdan foydalaniladi. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Manbalar Download 38.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling