Portlovchi moddalarni avtotransportlarda tashish qoidalari ombor
Download 0.66 Mb.
|
PORTLOVCHI MODDALARNI AVTOTRANSPORTLARDA TASHISH QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O m bo rlarga q o ‘yil a dig a n tal a blar
Sarflovchi omborlar
Sarflovchi omborlar portlovchi materiallarni tarqatish uchun xizmat qiladi. Sarflovchi ombor binosi er yuzasida joylashgan, yarim chuqurlashtirilgan, chuqurlashtirilgan va er ostida joylashgan bo‘lishi mumkin. Sarflovchi ombor alohida saqlovchi binosida quyidagi miqdorlarda PMlar saqlanishi mumkin: doimiy, er yuzasida joylashgan omborlarda 60 t dan oshmasligi, vaqtinchalik omborlarda esa 25 t dan oshmasligi shart. Doimiy, er yuzasida joylashgan ombor barcha saqlovchi binolarida quyidagi miqdorlarda PM saqlanishi mumkin: portlovchi modda 120 t gacha; detonatorlar 250000 tagacha; OSH cheklanmagan va DSH 100000 m. Vaqtinchalik, sarflovchi ombor barcha saqlovchi binolarida PM – 75 t, detonatorlar 100000 ta, OSH - cheklanmagan va DSH-50000 m. Sarflovchi omborlarda o‘quv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun bitta xonada 10 kg gacha PM, 500 donagacha detonatorlar va shunga mos holda OSH va DSH larni saqlashga ruxsat beriladi. Bunda yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi PM va portlatish vositalari bitta xona ichida joylashgan alohida seyflarda sqalanadi. Bunday xonalar devorlari va tomi yonmaydigan materialdan bo‘lishi, ushbu xonaning yon toaonlaridagi va usti hamda ostida joylashgan xonada odamlar doimiy ish joyi bo‘lmasligi lozim. SHuningdek mazkur xonaning eshigi olovga bardoshli materialdan tayyorlangan bo‘lishi va olovga bardoshliligi 0,75 soat dan kam bo‘lmasligi zarur. Omborlarga qo‘yiladigan talablar Domiy omborlar (er yuzasida joylashgan va yarim chuqurlashtirilgan) quyidagi bino va inshootlar uchun maxsus ajratilgan hudud (maydon)ga ega bo‘lishi kerak: PM va portlatish vositalari saqlanadigan bino; I, III va IV guruh PM lari yashiklari hamda OSH va DSH qiyqimlari uchun bino; ammiak selitrali PMlarni tayyorlash uchun uchun bino va maydon, qorovul minoralari, qo‘riqlovchi itlar uchun maxsus budkalar, laboratoriya vapoligonlar, yong‘inga qarshi vositalar uchun saroy, suv havzasi, kirish-chiqishni nazorat qilish uchun budka (qorovulxona bo‘lmaganda). Devor tashqarisidan 50 m masofa ta’qiqlangan hudud hisoblanadi va ushbu hudud engil alangalanuvchi xas-cho‘plardan tozalangan bo‘lishi shart. PM saqlanadigan bino devorlari yonmaydigan materialdan quriladi. Bunda ombor binosining ichki tomoni oqlangan bo‘lishi shart. Ombor binosining poli yog‘ochdan, asfaltdan, betondan va loyli-betondan qilinishi mumkin. Tutovchi poroxlar saqlanadigan bino poliga mata to‘shalishi shart. Bino oynasi yorqin rangga bo‘yalgan po‘lat panjara yoki to‘r bilan qoplangan bo‘ladi. Ombor binosiga kirish-chiqish eshiklari soni shundan aniqlanadiki bunda PM saqlanayotgan joydan eshikkacha bo‘lgan maksimal masofa 15 m dan oshmasligi kerak. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling