Portlovchi moddalarni avtotransportlarda tashish qoidalari ombor


Download 0.66 Mb.
bet4/13
Sana14.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1003384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PORTLOVCHI MODDALARNI AVTOTRANSPORTLARDA TASHISH QOIDALARI

Sanoat pmlarini ro‘yhatga olish va tarqatish tartibi
Sanoat portlovchi moddalarini ro‘yhatga olish quyidagi 4 ta kitob asosida amalga oshiriladi:
1.Portlovchi moddalar kirimi va sarfini hisobga olish kitobi;
2.Portlovchi moddalarni tarqatishni va ularning qaytimini hisobga olish kitobi;
3. Naryad nakladnaya(yuk qog‘ozi); 4.Naryad(yuk) yo‘llanmasi.
Portlovchi modda kirimi va sarfini ro‘yhatga olish kitobi, 1-shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi, mazkur kitob sahifalari raqamlangan, tikilgan va surguch pechat yoki plomba yordamida nazorat qiluvchi organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart. Ushbu kitob ombor mudiri tomonidan PM larni miqdor bo‘yicha hisobga olish uchun bazis va sarflovchi omborxonada yuritiladi.
Har bir turdagi PM uchun alohida raqam ochilib mazkur turdagi PM kundalik sarfinidan kelib chiqqan holda ma’lum sahifalar qoldiriladi. Har bir PM turi bo‘yicha qoldiq sutka so‘ngida hisoblanadi.

Portlovchi moddalarni tarqatishni va ularning qaytimini hisobga olish kitobi, 2-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib uning sahifalari raqamlanib, tikilgan va nazorat qiluvchi organ tomonidan pechat yoki plomba bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Mazkur kitob sarflovchi ombor mudiri yoki tarqatuvchisi tomonidan yuritiladi. Har sutka so‘ngida qaysi turdagi PMdan qancha tarqatilgan va qanchasi qaytarilganligi hisoblanadi. 2-shakl bo‘yicha sutka davomida sarflangan PMlar har kuni 1-shaklga ham yozib qo‘yiladi. .


Naryad nakladnaya (yuk qog‘ozi), 3-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib PMlarni bir ombordan ikkinchisiga tashishda rsamiylashtiriladi. Naryad nakladnoy korxona buxgalteriyasi tomonidan 4 ta nusxada tuzilib, korxona rahbari (bosh muhandisi) va bosh hisobchi tomonidan imzolanib tasdiqlanadi va korxona hisobxonasidagi maxsus kitobda tartib raqami, olingan sanasi va PMni qabul qilib oluvchining nomi ko‘rsatilgan holda ro‘yhatga olinadi.
Naryad nakladnoy (yuk qog‘ozi) PMni qabul qilib oluvchiga beriladi va omborxonadan PM olingandan so‘ng bir nusxasi Pmni qabul qilib oluvchiga beriladi, bir nusxasi omborxonada saqlanadi va ikki nusxasi korxona hisobxonasiga qaytariladi. Bunda korxona hisobxonasiga yuborilgan naryad nakladnaya (yuk qog‘ozi) bir nusxasi ombordan qancha PM olinganligini hisobga olish uchun xizmat qilsa ikkinchi nusxasi PMni oluvchiga yuboriladi.

Naryad (yuk) yollanmasi, 4-shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib
PMni ombordan portlatish ishlarini olib boriladigan joyga olib ketish uchun portlatuvchi (portlatish ishlari ustasi) ga beriladi, uchastka boshlig‘i yoki uning yordamchisi, yoki smena boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
Portlatish ishlari ikki va undan ortiq portlatuvchi bilan amalga oshirilsa naryad yo‘llanmasi katta portlatuvchi (portatish ishglari ustasi) ga rasmiylashtiriladi. Ish smengasi tugagandan so‘ng portlatuvchi (portlatish ishlari ustasi) naryad yo‘llanmasiga Pmning sarfini yozib o‘z imzosini qo‘yadi. Portlatish ishlari ustasi (portlatuvchi) PM ortib qolganda omborga topshirishi shart. Ilgari olingan PM sarfi bo‘yicha hisobot topshirmagan portlatuvchiga ombordan PM berilmaydi.


SANOAT PORTLOVCHI MATERIALLARINI TASHISH VA YOQ QILISH.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling