Portlovchi moddalarni avtotransportlarda tashish qoidalari ombor
Download 0.66 Mb.
|
PORTLOVCHI MODDALARNI AVTOTRANSPORTLARDA TASHISH QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- P or t l o vchi m aterial l a r ni av t o m obil tr a n s porti yo r
Portlovchi materiallarni qo’l idishi yordamida tashish Portlovchi materiallarni yo`lovchi poezdlarida maxsus idishlarda olib yurish
uchun militsiya organlarining ruxsati talab etiladi. Qo`l idishi yordamida samolyot va yo’lovchi poyezdlari yukxonasiga joylab tashishga ruxsat etilmaydi. Qo`l idishi yordamida o`zi bilan portlovchi materiallarni olib yurish huquqi portlatish ishlari rahbari va portlovchi material ombori mudiriga beriladi. Harakat vaqti davomiyligi 12 soatdan oshsa kuzatib boruvchi shaxs ikki kishidan kam bo`lmasligi lozim. Olib ketilayotgan yukka xavf sezilsa (yong’in bo`lsa, vagonga zarar etsa va h.k.) mas`ul shaxs xavfsizlik choralarini ko`rishi agar shart bo`lsa yukni vagondan uloqtirishi lozim. Portlovchi materiallarni avtomobil transporti yordamida tashish Portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashib keltirish avtomobil transportida tashib keltirish qoidasiga muvofiq amalga oshiriladi. Avtomobil transportida, ot-aravada, yuk tashuvchi hayvonlarga yuklab tashishda, albatta, kuzatuvchi javobgar shaxs (omborxona mudiri yoki portlovchi materiallar tarqatuvchi shaxslar) va o't ochuvchi qurol bilan qurollangan qo'riqchi hamrohlik qilishlari shart. Avtomobil haydovchisi yoki aravakash va qo'riqchilar portlovchi materiallarni tashib keltirish, yuklash va ularni transport vositasidan tushirish qoidalari haqida ko'rsatma olgan bo'lishi shart. Portlovchi materiallarni tashish uchun ajratiladigan avtomobil maxsus ko‘rikdan o‘tgan, shu maqsadda aslahalangan, texnik holati sinab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Portlovchi materiaillar tashisl mo‘ljallangan avtomobil yo‘lga chiqishidan oldin yo‘l hujjat ≪Avtomobil tekshirilgan, texnikaviy jihatdan ishga yaroqli portlovchi material tashishga yaroqli≫, degan yozuv yozilgan bo’lishi va bu avtosaroy boshlig'i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart. Avtomobil ikki dona o‘t o‘chiruvchi quti bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Portlovchi materiallarni ishlab chiqargan zavoddan yoki bazis ombordan sarflovchi omborga olib kelishda yashiklarda zavod plombasi bo‘lishi kerak, agar bazisli omborda tekshirish yoki sinab ko‘rish uchun yashik ochilgan bo‘Isa, bunday yashik bazisli ombor plombasi bilan olib kelinadi. Yashikning ichida qancha portlovchi material qolganligi haqida ko‘rsatma bo‘lishi kerak. O‘ta yuqori xavfli bo‘lgan portlovchi materiallarni, xususan, kapsul-detonator va elektr detonatorlami transport vositalariga yuklash, tushirish va tashib kelishda xavfsizlik qoidalariga to'la rioya qilish shart bo‘lgan talablardan biridir. Portlovchi materiallarni yuklash, tushirish va tashib keltirish ishlarini juda yaxshi ko'rsata olgan ishchilar yuqori malakali texnik rahbar kuzatuvida amalga oshiradilar. Portlovchi materiallarni avtomobilga yuklashda uning ko‘tarish imkonidan to‘liq foydalanishga ruxsat etiladi. Elektrodetonatorlar va tarkibida suyuq nitroefirlar bo‘lgan portlovchi materiallardan tashqari, bunday portlovchi materiallarni avtomobil yuk ko'tarish qobiliyatining uchdan ikki qismi miqdorida yuklashga ruxsat etiladi, lekin avtomashina bortida yashiklar balandligi bo’yicha ikki qatordan yuqori bo'lmasligi kerak. Avtomobilning haraklanish tezligi yo‘l yaxshi ko‘rinadigan hollarda 40 km/soatdan oshmasligi kerak, ob-havo noqulay bo‘lgan sharoitda, transport tezlikni ikki barobar qisqartirish zarur. Bir necha avtomobillar portlovchi materiailar bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, ular oralig'idagi masofa to‘g‘ri, tekis yo‘lda hamda to‘xtaganida 50 m bo‘ladi. Avtomashinalar tog‘li yerda harakatlanganda balandlikka ko‘tarilish va pastlikka tushishda interval 300 m bo'lishi kerak. Portlovchi materiallar yuklangan avtomobilda: mashina haydovchisi, tashib keltirish tayinlangan javobgar shaxs, qurollangan qo'riqchilar, yuklovchi portlatuvchilardan tashqari birorta ham begona shaxslar bo’lmasligi kerak. Portlovchi materiallar tashilayotgan avtomobillarga maxsus yashiklarga joylashtirilgan portlatish asboblaridan boshqa yuklarni yuklash qat’iyan taqiqlanadi. Portlovchi materiallarni shaqar sharoitlari va aholi punktlaridan olib o`tishda tentli avtomobillarga ruxsat beriladi. Bunda tent dioganali bo`yicha 15 sm kenglikdagi chiziq tortilgan bo`lishi lozim. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling