Post haqiqat


Download 17.31 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi17.31 Kb.
#1073431
Bog'liq
Post haqiqat


Post haqiqat
Ing. "Post-truth" - bu odamlar jamiyatdagi bo'layotgan hodisalarga nisbatan o'z fikrini shakllantirishda ob'ektiv dalillarga murojaat qilishdan ko'ra shaxsiy e'timodlari va his-tuyg'ulariga murojaat qilish samaraliroq deb hisoblanuvchi ijtimoiy holat. Post-haqiqat - bu zamonaviy jamiyatda aniq maqsadli ravishda OAVning yordamida ommaviy ongni manipulyatsiya qilish maqsadida real voqelikdan farq qiladigan boshqa virtual yaratishga urinishdir.
Haqiqat — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obʼyektiv reallikka mos kelishi. H. insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) H.ni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F.Bekon, B.Spinoza, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, M.V.Lomonosov, L.Feyerbax) ham xosdir.
H.ning obʼyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obʼyektiv H.dir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (H. mazmunan obʼyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subʼyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq H.dir. Nisbiy H. obʼyek-tiv H.ning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obʼyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi. Bilish nisbiy H.lardan mutlaq H.lar tomon rivojlanib boradi. Har qanday mutlaq H. nisbiy H.larning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy H.da esa mutlaq H.ning zarrasi mavjud boʻladi. Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy H.lar sifatida mutlaq H.ning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. H. hamisha kon-kretdir, mavhum H. yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.
Bilish jarayonida nisbiy va mut-laq H.lar nisbatini toʻgʻri tushunmaslik, H.ning konkretligini hisobga olmaslik bilish nazariyasida 2 ta yanglish qarash — dogmatizm va relyativizmga olib keladi.

TARIXI.
Birinchi marta "post-haqiqat" atamasi 1992 yilda serb-amerikalik dramaturg Stiv Tesic tomonidan Fors ko'rfazidagi konfliktiga bag'ishlangan essesida ishlatilgan. 2004 yilda amerikalik yozuvchi Ralf Keys xuddi shu nomli kitobda "haqiqatdan keyingi davr" atamasidan foydalangan. Shu yili amerikalik jurnalist Erik Alterman "post-haqiqat siyosiy muhiti" haqida gapira turib. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Bush ma'muriyatining bayonotlarini tahlil qilishda "post-haqiqat davri prezidentligi" atamasidan foydalangan.


Qiziqarli faktlar
2016 yil "Post-haqiqat" atamasi Oksford lug'atiga binoan Yil so'ziga aylandi, Unga bunday sharaf ko'p sabablarga ko'ra loyiq edi, birinchi navbatda o'sha yili yuz bergan voqealar, ekspertlarda shubha tug'dirdi: Donald Trumpning AQSh prezidentligiga saylanishi, Buyuk Britaniyada Brexit va ko'plab populistik harakatlarning paydo bo'lishi. Chunki, ushbu barcha holatlarda voqealar borishi ekspertlarning prognozlariga zid ravishda rivojlangandi.
Fikrlar
Biroq, men post-haqiqat hodisasini biroz boshqacha tarzda ko'rib chiqaman. Menimcha, bu G'arb tafakkuri tarixini chuqurroq aks ettiradi. Haqiqatdan keyingi haqiqatni faqat zamonaviy muammo deb hisoblaydiganlar noto'g'ri o'ylashadi. Post-haqiqat fenomeni har doim biz bilan bo'lgan, shunchaki bu hodisalarni aniqroq aniqlashga imkon beradigan so'z endi paydo bo'ldi.
Ishlash prinsipi
Qachonki, bizning nuqtai nazarimizni to'g'rilash uchun faktlar yetarli bo'lmaganda bu rejim ishga tushadi. Masalan, Ukrainaning sharqida "Boeing" passajir samolyoti quladi, 350 kishi halok bo'ldi. Nima bo'lishidan qat'i nazar, ichki xissiyolariz nima deyishidan kelib chiqib, siz bu faktda nima ko'rishni xohlasangiz shuni ko'rasiz. Siz ulkan voqealar zanjirini tuzishni boshlaysiz, bu ukrain qiruvchi samolyotidan boshlanadi. Bu qiruvchi samolyotda Ukrain harbiysi kapitan Yermolonko bo'ladi. Keyin bu ishnio'sha qilganidan xabar beruvchi guvohlar topasiz. Bu voqeadan so'ng, u o'z joniga qasd qiladi.Bu faktlar zanjiri hammasi sizni siz haq bo'lganingizni tasdiqlab boraveradi: buning hammasi G'arb provakatsiyasi, qonxo'r ukrain jangarilari qilgan.
Agarda sizning e'timodingiz qarama-qarshi bo'lgan taqdirda ham, siz Ukrainaning sharqida qurollangan guruhlar mavjudligini, ular hududni nazorat qilishiga va uyerda hohlagan ishini qilishiga ishonasiz. Ularga qurolni Rossiya yetkazib beradi. Va yana sizda Boeing va halok bo'lganlar haqida ajoyib fikrlar zanjiri paydo bo'ladi. Sababi sizning e'timodingiz boshqa ssenariy bo'yicha shakklangan bo'lib chiqadi.
Xulosa
Haqiqatdan keyingi haqiqat - bu har qanday sizga tanish va tushunarli bo'lgan qadriyatlar va mavzular tizimiga ta'sir ko'rsatuvchi faktlar jamlanmasidir.
Ammo bunda obektiv holatni saqlab turish muhimdir.
Download 17.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling