Vstavka” bo‘limi katak, satr, utsun va varaq ustida amallar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning vazifalari quyidagicha:
“Yacheyka” – jadvalga yangi katak qo‘shish;
“Stroki” – jadvalga yangi satr qo‘shish;
“Stolbsi” – varaqqa yangi ustunlar qo‘shish;
“List” – ishchi kitobiga yangi varaq qo‘shish;
“Diagramma” – diagrammalar tashqil etish;
“Razriv stranitsi” – sahifani ajratish;
“Funksiya...” – funksiyalarni tanlash;
“Imya” – ishchi kitobga nom berish;
“Primechanie” – izohlar hosil qilish;
“Risunok” – tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;
“Karta” – xaritalar hosil qilish.
“Format” – bo‘limi Excel dasturida formatlashni, asosan, katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Bo‘lim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yo‘qotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. “Stil” bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma’lumotlarning berilishi va to‘ldirish usullari aniqlanadi hamda katakda yozuvlarning alifbosi va o‘lchamini belgilash mumkin.
“Servis” bo‘limi Officce muhitidagi amaliy dasturlarnikiga o‘xshash.
“Dannie” bo‘limi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangandir;
“Sortirovka” – qiymatlarni tartiblash;
“Filtr” – biror belgi yoki shart bo‘yicha saralash;
“Forma” – biror shaklda tartiblash;
“Itogi...” – yakuniy natijalarni aniqlash;
“Proverka...” – ma’lumotlarni tekshirish;
“Tekst po stolbsam...” – matni ustunlarga bo‘lish;
“Konsolidatsiya...” – qiymatlarni birlashtirish;
“Gruppa i struktura” – funksianal tizimlar olish;
“Svobodnaya tablitsa...” – natijaviy jadvallar tuzish;
“Vneshnie dannie” – tashqi ma’lumotlar kiritish.
Mazku bo‘limning dastlabki ikki bandi ustun yoki star elementlarini biror belgi bo‘yicha saralash va tartiblash vazifasini bajaradi.
Yozilgan sonlarni ustunlar va satrlar bo‘ylab o‘sish yoki kamayish tartibi bo‘yicha joylashtirish, matnlarni ham alfabit bo‘yicha tartiblash mumkin.
Keyingi bandlar jadval elementlarini birlashtirish, yaxlitlash va ajratish, tashqi tarmoqlardan ma’lumotlar to‘plash uchun xizmat qiladi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |