Poya, novda,barg vazifasi, tuzilishi, tiplari va ularning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Reja


Download 22.76 Kb.
bet10/10
Sana02.01.2022
Hajmi22.76 Kb.
#199661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
uGmT-o-kSIh0f5jasfSD0E-vIcL6-C8g (1)

Yog’ochlik. U naylar, traxeidlar, yog’ochlik parenximasi va libriformdan iborat. Yog’ochlikdan ham o’zak nurlari o’tgan bo’ladi. Yog’ochlik parenximasi va o’zak nurlarida zahira oziq moddalar to’planadi. Kambiyning bir me'yorda ishlamasligi natijasida yog’ochlikni hosil qiluvchi hujayralar bahorda hosil bo’ladi, ya'ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi. Keyinchalik mayda va yupqa devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog’ochlik hujayralari smolalar, oshlovchi moddalar, efir moylari kabilarni shimib olib ma'lum rangga bo’yaladi. Ana shunday yog’ochlikning faollik ko’rsatmay qolgan markaziy qismi yog’ochlikning mag’zi deb ataladi. Yog’ochlikning bevosita kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni o’tkazish vazifasini bajarib, uni zabolon deyiladi. Zabolon yadro qsmiga nisbatan rangsiz bo’lishi bilan yog’ochlikda ajralib turadi.

O’zak. O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil moddalar to’plangan va asosiy to’qimadan iboratdir. Daraxt va o’t o’simliklarning poyalari umrining uzun-qisqaligiga ko’ra bir-biridan keskin farqqiladi. O’t o’simliklarning yer ustki novdalari odatda bir yoki ba'zan 2 - 3 yil hayot kechiradi. Daraxt o’simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil qiladi. Butalarda esa ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.

Nazorat savollari:

1. Poya qanday asosiy vazifani belgilaydi?

2. Poyaning o’sish konusi necha qavatdan iborat?

3. Poyaning birlamchi tuzilishini shakllanishida prokambiy va peritsikllarning roli

4. O’zak poyada qanday ahamiyatga ega?

5. Kambiy poyada qanday to’qimalarning elementlarini hosil qiladi?



6. Yog’ochlikning tarkibiy qismlari

7. O’t va daraxt poyalari bir-birlaridan qanday farqlanadi?
Download 22.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling