Poyi qadamingdan aylanay Navro’z Bahor valsi chalinadi va davra boshlovchilari sahnaga kirib kelishadi. 1-Boshlovchi


Download 24.35 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi24.35 Kb.
#1302991
  1   2   3
Bog'liq
Navruzga senariy


Poyi qadamingdan aylanay Navro’z
Bahor valsi chalinadi va davra boshlovchilari sahnaga kirib kelishadi.
1-Boshlovchi:
Salom senga bahor ayyomi,
Salom senga Navro’zi olam.
Senga olqish, alyorlar aytar,
Bugun har bir dili pok odam.
2- boshlovchi:
Bugun shodiyona Navro’zi olam
Orzuqib kutilgan navbahor to’yi
Assalom yangi yil, assalom bayram
Senga atalgay yuraklar kuyi

  1. Boshlovchi

Assalomu alaykum aziz va muhtaram shodiyonamiz ishtirokchilari. Sizlarni kirib kelayotgan Navro’z – bahor, ezgulik, mehr-oqibat va saxovat bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.. Bahor bayramingiz muborak bo’lsin!

  1. Boshlovchi Assalomu alaykum qadrli bayram qatnashchilari, muhtarama mehmonlar, munis onaxonlar! O’lkamizda bahor nafasi kezib yurgan ayni damlarda hamyurtlarimiz kayfiyatida ham o’zgacha ko’tarinkilik. Yosh-u qari yasharish va yangilanish, fasllar kelinchagi bo’lmish Bahoroyni allanechuk intiqlik bilan kutishadi.

  1. Boshlovchi

Ha azizlar Navro’z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir. “Navro’z” forscha so’z bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi.

  1. Boshlovchi

Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun – yangi yil, ya’ni Navro’z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin-tekin ishlarining boshlanish pallasiga to’g’ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko’rdim, teng emish bo’yi-yu sochi,
Tun-kun ekan zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.


  1. Boshlovchi – Hurmatli xonimlar va janoblar siz azizlarni bugungi bahor bayrami yangi kuningiz bo’lmish Navro’zi ayyom bilan muborakbod etish maqsadida hamda bugungi “Poyi qadaming qutlug’ bo’lsin Navro’zi olam” shiori ostida tashkil etilayotgan badiiy kechamizni ochib berish maqsadida ___________________rahbari aziz mehmonimiz ________________________ ga ilk samimiy tabriklarni bersak nima deysiz

  2. Boshlovchi: Marhamat, hurmat va ehtirom ila badiiy sahnamizga gulduroz qarsaklar sadosi ostida ________________ shahridan tashrif buyurgan ______________ tashkilot rahbari ______________________ ga so’z navbatini beramiz.

  1. Boshlovchi:

Maysa boshin ko’tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Momolar-u onaxonlar jam,
Doshqozonda qaynar sumalak.

Download 24.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling