Pptp protokoli Amaliy pog‘ona protokollari


Download 13 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi13 Kb.
#1555644
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu AMALIY POG‘ONA PROTOKOLLARI VA XIZMATLARI.

PPTP protokoli
 Kanal sathidagi VPN. OSI modelining kanal sathida ishlatiluvchi VPN vositalari uchinchi (va yuqoriroq) sathning turli xil trafigini inkapsulatsiyalashni ta’minlashga va «nuqta-nuqta»lidagi virtual tunnellarni (marshrutizatordan marshrutizatorga yoki shaxsiy kompyuterdan lokal hisoblash tarmog‘ining shlyuzigacha) qurishga imkon beradi. Bu guruhga L2F (Layer 2 Forwarding) va PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) protokollari hamda Cisco Systems va Microsoft firmalarining birga ishlab chiqqan L2TP (Layer 2 Tunneling Protocol) standartidan foydalanuvchi VPN-mahsulotlar taalluqli.
Himoyalangan kanalning protokoli PPTP «nuqta-nuqta» ulanishlarida, masalan, ajratilgan liniyalarda ishlaganda qo‘llaniluvchi PPP protokoliga asoslangan. PPTP protokoli ilovalari va tadbiqiy sath xizmatlari uchun himoya vositalarining shaffofligini ta’minlaydi va tarmoq sathida ishlatiluvchi protokolga bog‘liq emas. Xususan, PPTP protokoli ham IP tarmoqlarida, ham IPX, DECnet yoki NetBEUL protokollari asosida ishlovchi tarmoqlarda paketlarni tashishi mumkin. Ammo, PPP protokoli hamma tarmoqlarda ham ishlatilmasligi sababli (aksariyat lokal tarmoqlarida kanal sathida Ethernet protokoli ishlasa, global tarmoqlarda IP/MPLS protokollari ishlaydi), uni universal vosita deb bo‘lmaydi. Yirik tarmoqlarning turli qismlarida, umuman aytganda, turli kanal protokollari ishlatiladi. Shu sababli bu geterogen muhit orqali kanal sathining yagona protokoli yordamida himoyalangan kanalni o‘tkazishi mumkin emas.
PPTP protokolining ma’lumotlarni IP, IPX va NetBEUL protokollari bo‘yicha almashish uchun himoyalangan kanallarni yaratishga imkon beradi. Ushbu protokollarning ma’lumotlari PPP kadrlariga joylanadi va PPTP protokoli vositasida IP protokolining paketlariga inkapsulyatsiyalanadi va shu protokol yordamida shifrlangan ko‘rinishda har qanday TCP/IP tarmog‘i orqali tashiladi (5.12 - rasm).

Uzatilaligan kadr sarlavhasi

IP
sarlavhasi


Download 13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling