Praga tilshunoslik maktabi haqida Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi


Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi


Download 21.26 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi21.26 Kb.
#1008610
1   2   3
Bog'liq
Praga tilshunoslik maktabida fonema nazariyasi

Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasi
Moskva fonologik maktabi o‘tgan asrning 30-yillarida, A.A.Reformatskiy ta’biri bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida shakllandi (mazkur ilmiy markaz asoschilari Dmitriev, Avanesov, Reformatskiy, Sidorovlarning bosh harflaridan olingan). Leningrad fonologik maktabidan farqli ravishda MFMda fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga
bog‘liq bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va morfemaning tarkibiy
elementi hisoblanadi. LFM va MFMda fonemaga bunday ikki xil nuqtai nazar bir fonetik qurshovdagi ayrim tovush birikmalarini ikki xil talqin qilishga olib keladi.
Masalan, «angla» so‘zidagi birinchi tovush A.Shcherba konsepsiyasi bo‘yicha «a» fonemasining varianti, chunki fonetik qurshovda «a» fonemasidan boshqa barcha fonemalar ottenkasi bilan qarama-qarshi munosabatda bo‘la oladi. Moskva fonologik maktabi konsepsiyasiga ko‘ra, bu fonema «o» fonemasining varianti, chunki o‘zak tarkibida kuchli pozitsiyada (urg‘u ostida) «o» holida talaffuz qilinadi.
Moskva fonologik maktabi konsepsiyasining katta yutug‘i shundaki, ular so‘z shaklning tovush tomonini farqlash darajasiga ko‘ra fonemalarni ikki pozitsiyasi –maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi (kuchsiz pozitsiya)ga ajratadi.
Qurshovdagi tovushlarning ta’siriga kam berilgan, perseptiv tomondan
maksimal differensial pozitsiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. Rus tili unlilari uchun bunday pozitsiya urg‘u osti pozitsiyasi, undoshlar uchun esa unli oldi pozitsiyasi hisoblanadi. O‘zbek tili unlilari uchun so‘zning faqat bir unlidan tashkil topgan so‘zning birinchi bo‘g‘ini kuchli pozitsiyadir.
R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasniflarkan, ma’lum bir fonemaning
bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaniig boshqa belgisi uchun kuchsiz
bo‘lishi mumkinliginp aytadi. Shuning uchun u pozitsiyalarni quyidagi to‘rt
guruhga ajratadi:

  1. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun ham kuchli pozitsiya.

  2. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchli, qattiqlik-yumshoqlik belgisn uchui kuchsiz pozitsiya.

  3. Qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik belgisi uchun kuchsiz pozitsiya.

  4. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
    Pozitsiya tushunchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarli ikkiga – perseptiv kuchsiz (bilish tomonidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan) pozitsiyalarga ajratgani holda, birinchisi fonema variatsiyalarini, ikkinchisi esa variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga «a»ning turli ottenkalari: «mat»,
    «mat», «myat», «myat»; ikkinchisiga so‘zning oxirgi pozitsiyasi – prud va prut kiritiladi.

MFMning yana bir yutug‘i muayyan belgisi asosida oppozitsiyaga kirishgan fonemalarning shu belgi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo‘qolishi, ya’ni ikki fonemaning bir variantga muvofiqlashuvi – neytralizatsiyasi haqidagi ta’limotdir. Masalan, yod va yot. MFM fonemani avtonom holda emas, balki morfema va so‘zning ichida uning elementi sifatida o‘rganganidan morfonologiyaning vujudga kelishiga qulay sharoit yaratdi.
MFM pozitsiya tushunchasi bilan bog‘liq giperfonema tushunchasini ham tilshunoslikka olib kirdi. Masalan, urg‘uli bo‘g‘in oldida kelgan «o» va «a» unlilari rus tilida neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan, baran. Bu so‘zdagi birinchi a tovushi o fonemasining ham, a fonemasining ham varianti bo‘lishi mumkin; ammo qaysi fonemaning varianti ekanini isbotlash qiyin. Bu variant a-o gruppasidagi fonemalardan birining varianti hisoblanadi. MFM terminologiyasi bo‘yicha ana shunday fonemalar guruhi giperfonema sanaladi.

Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling