Present simple – hozirgi oddiy zamon
bring up 1) bola tarbiyalamoq/o’stirmoq
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
rules for all tenses
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi 1. Kelajak haqida tahmin (bashorat) qilganda. Bunday gaplarda odatda think
bring up
1) bola tarbiyalamoq/o’stirmoq It’s very difficult to bring up children nowadays. – Bugungi kunda bola tarbiyalash juda qiyin. 2) yangi masala/muammoni ko’tarib chiqmoq The manager brought up the subject of redundancy. – Menejer ish o’rinlarining qisqarishi masalasini ko’tardi. 27 Unit 3 Future Forms 3 mavzu: Kelasi zamon shakllari Kelajakda sodir bo’ladigan ish-harakatlarni the future simple, be going to, the present continuous, the present simple, the future continuous, the future perfect va the future perfect continuous orqali ifodalash mumkin. Future Simple – Kelasi oddiy zamon Darak gap (affirmative) So’roq gap (interrogative) Inkor gap (negative) 𝑺 + 𝒘𝒊𝒍𝒍(′𝒍𝒍) + 𝑽 𝟏 𝑾𝒊𝒍𝒍 + 𝑺 + 𝑽 𝟏 ? 𝑺 + 𝒘𝒊𝒍𝒍 𝒏𝒐𝒕 (𝒘𝒐𝒏 ′ 𝒕) + 𝑽 𝟏 Susan will post the letters tomorrow morning. Syuzn xatlarni ertaga ertalab jo’natadi. He’ll come tomorrow. U ertaga keladi. Will Susan post the letters tomorrow morning? Syuzn xatlarni ertaga ertalab jo’natadimi? Will he come tomorrow? U ertaga keladimi? Susan will not post the letters tomorrow morning. Syuzn xatlarni ertaga ertalab jo’natmaydi. He won’t come tomorrow. U ertaga kelmaydi. Ishlatilishi 1. Kelajak haqida tahmin (bashorat) qilganda. Bunday gaplarda odatda think (…degan fikrda bo’lmoq, …deb o’ylamoq), believe (ishonmoq, …degan fikrda bo’lmoq, …deb o’ylamoq), expect (biror narsa sodir bo’lishini kutmoq, umid qilmoq), etc. fe’llari, be sure (ishonchi komil bo’lmoq), be afraid (qo’rqmoq), etc. iboralari, perhaps (ehtimol, balki), certainly (aniq, albatta), probably (ehtimol, balki), etc. ravishlaridan foydalanamiz. His parents think he will become an artist one day. – Uning ota-onasi o’ylaydiki, u bir kun kelib rassom bo’ladi. 2. Joyida (oldindan rajalashtirmasdan, o’sha paytning o’zida) qabul qilingan qarorlar va takliflarga nisbatan. Bunda taklif deganda, kimgadir o’z yordamimizni yoki nimadir qilishni o’zimiz xohlab (chin dildan) taklif qilish tushuniladi. I’ll take this jacket. – Shu jaketni olaman. (do’konda bir nechta jaketlarni ko’rdim va shunisi yoqdi, shuning uchun joyida qaror qildim) – jayida qabul qilingan qaror. Since it’s your birthday, I’ll pay for lunch. – Sening tug’ilgan kuning bo’lganligi uchun tushlikka men to’layman. (mendan hech kim tushlik uchun to’lashni so’ramadi, balki tushlikka to’lashni o’zim chin dildan taklif qilyapman) 3. Kelajakda aniq (100%) sodir bo’ladigan va biz nazorat qila olmaydigan (bizning qo’limizda bo’lmagan, bizga aloqasi yo’q) ish-harakatlar/voqea-hodisalar/holatlarga nisbatan. Jill will be two years old next month. – Jill kelasi oy ikki yosh bo’ladi. (kelasi oy uning ikki yosh bo’lishi aniq va biz hech qanaqasiga bu holatga ta’sir o’tkaza olmaymiz, ya’ni bu bizning qo’limizdagi ish emas) Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling