Present simple tense


Download 0.49 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1177673
Bog'liq
Present simple tense


Present simple tense | Hozirgi oddiy zamon

  • Bu zamon o'z nomi bilan oddiy chunki bu davomiy yoki tugallangan emas. Sen doim Simple zamonini ko'rganingda demak bu Continuous yoki Perfect emasligini tushunib ol

▪️ Positive form:
🔸I work.
🔸He/she/it works.
🔸We/you/they work.
▪️ Negative form:
🔸I do not work.
🔸He/she/it does not work.
🔸We/you/they do not work.
▪️ Question form:
🔸Do I work?
🔸Does he/she/it work?
🔸Do we/you/they work?

💡 Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi. III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi.Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.Agar -y harfi bilan tugasa -y harfi -i harfiga o'zgaradi va keyin -es qo'shiladi.


🔸He works, she goes, it washes, he studies
🔸I work, they go, we wash, you study
▪️ Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.
🔸He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.
🔸Does he work? Does she go? Does it wash?
Sizlar bilan biz oldingi darsimizda Present Continuous – Hozirgi davomli zamon haqida gaplashgan edik. Bugungi mavzuimiz Present Simple – Hozirgi oddiy zamon.
Biz Present Simple zamonini doimiy yoki qaytarilib turadigan ish harakatga nisbatan ishlatamiz.
Masalan: I go to school everyday. Men har kuni maktabga boraman.
You work at the hospital. Siz shifoxonada ishlaysiz.
Biz Present Simple zamonida 3-shaxs birlik (he, she, it)dan keyin keladigan fe’llar uchun -s yoki -es qo’shimchalarini qo’shamiz.
He goes to school everyday
My mother (she) works at the hospital.
Present simple yasash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
Subject + Verb (III+es) + Object
I + work + at the hospital
He + goes + to school everyday
Inkor gap yasaganimizda egadan keyin do not (do’nt) yoki does not (doesn’t) qo’yamiz.
don’t like ice cream
Tom (he) doesn’t work at school
So’roq gap yasaganimizda esa biz doim egadan oldinga Do yoki III-shaxs birlik uchun Does ni qo’yamiz.
Do you work at the hospital?
Does she speak English?


Present Simple Tense ning qoʻllanish holatlari:
1️⃣ Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va oʻzgarmaydi.
🔸I go to work by bus every day.= Men xar kuni maktabga avtobusda boraman.
🔸She always gets up at 6 oʻclock.= U qiz doim soat 6da turadi.
🔸Many people think that if a black cat crosses your way it is bad luck.= Ko'p odamlar agar qora mushuk yo'lingni kesib o'tsa bu baxtsizlik deb o'ylashadi.
2️⃣ Dunyoda har doim haqiqat (fakt) boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan, tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.
🔸The sun rises in the east.
🔸Cats live on mice.
🔸Water boils at 100ᵒC.
🔸Carpenters make things of wood.
🔸When ladies enter the room, gentlemen stand up and greet them.
3️⃣ Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va'da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar ishlatiladi. Bunday fe’llar “performative verbs” deb ataladi va nutqda juda keng qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/ apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi oddiy zamonda qoʻllaniladi.
🔸I promise I won’t be late.
🔸What do you suggest I do?
🔸He insists that we should come with him.
4️⃣ Hozirgi oddiy zamon fe’li quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:
▫️ always ▫️ usually ▫️ often ▫️ sometimes ▫️ rarely ▫️ never ▫️ hardly ever ▫️ frequently ▫️ occasionally ▫️ seldom ▫️ all the time ▫️ every+day/morning/night/Monday/week/month/other day/year
🔸Jim always gets up at 6 oʻclock.
🔸He never lies to his parents.
🔸We frequently see that man on the beach.

💡 Ingliz tilida “Why don’t you…?” birikmasi tavsiya qilish, maslahat berish uchun qoʻllaniladi.
🔸 Why don’t you get a new job instead of lying all day?
💡 Eslatma “never” payt ravishi qoʻllanilganda yordamchi fe’llardan 'don’t/doesn’t' qoʻllanilmaydi.
🔸He never lies to his parents. (U ota-onasiga hech qachon yolg’on gapirmaydi…toʻg’ri gap qurilmasi)
🔸He doesn’t never lie to his parents. (notoʻg’ri gap qurilmasi)
▪️ Yuqoridagi holat 'no/nobody/no-one/nothing/nowhere/neither/seldom/rarely/hardly ever' kabi inkor ma’nodagi soʻzlarga ham taalluqlidir.
▪️Nobody believes a liar when he tells the truth. (Nobody doesn’t believe… emas)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling