Презентация по химии на тему "Азот ва унинг бирикмалари"


Download 0.61 Mb.
bet3/8
Sana15.09.2020
Hajmi0.61 Mb.
#129921
TuriПрезентация
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация по химии на тему Азот ва унинг бирикмалари -fayllar.org



Mavzuning dolzarbligi. Azot – gaz bo‘lib, uning molekulasi ikki atomli bo‘ladi. Yer sayyorasi atmosferasining asosiy qismi azotdan iborat: uning butun atmosferadagi ulushi 4/5 qismni tashkil etadi. Sof holatda azot juda oz moddalar bilan birikadi va aksariyat tirik organizmlar uchun u kerak emas. Masalan biz o‘zimiz ham, har bir nafas olishimizda, katta miqdordagi azotni o‘pkalarimiga olib kiramiz va keyin uni qayta nafas chiqarish bilan chiqarib yuboramiz. Uning ma’lum bir qismi, qonda erib ketadi. Biroq u joyda ham azot bilan hech qanday narsa sodir bo‘lmaydi. Lekin azotni boshqa atomlar bilan birktirilsa, unda, barcha tirik mavjudot uchun juda zaruriy va muhim bo‘lgan birikmalar hosil bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar, aoztni boshqa moddalar bilan birikishga majbur qila olishmaydi; bunday xususiyatga faqatgina ayrim mikroorganizmlar – tuproqda yashovchi bakteriyalarning ma’lum turlarigina ega bo‘lishadi. Bunday bakteriaylarni azotni fiksatsiyalovchilardeyiladi, va hayotning boshqa barcha turlarining mavjud bo‘lishi, amalda ko‘p jihatdan aynan shunday bakteriyalarning tuproqda mavjud ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib azotni tuproqdan ajratib olish usullarini o'ylab topishni mavzuni dolzarbligi deb oldim.

5 слайд

Описание слайда:



Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo’lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta electron biriktirib olib manfiy 3-oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tashqi energetik qavatda joylashgan elektronlar qo’zg’algan holatida (azotdan tashqari) s1p3d1 ko’rinishda bo’ladi. Elektronlari qo’zg’algan holatda o’ziga nisbatan elektromanfiy elementlarga ana shu juftlashmagan 5 ta elektronni berib, musbat +5 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Azot atomining tashqi elektron qavatida d-orbital yo’q, shuning uchun tashqi qavatdagi elektronlar 2s22p3 holida bo’ladi.

6 слайд

Описание слайда:



Azotning ochilish tarixi .   Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, “ hayotiyemas” (“a” – old qo’shimcha inkor, “zoe”– hayot ) degan ma’noni bildiradi. Lotincha nomi “NITROGENIUM “ – “selitra hosil qiluvchi “ deganidir . 1772-yilshotlandkimyogarivavrachiD.Rezerford “mefitik” , ya’ni to’liq bo’lmagan, yonish va nafas olishga yordam bermaydigan havo haqidagi disertatsiyasini bosib chiqardi. Bu maqolada element haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Undan 2 yil so’ng , ya’ni 1774-yilda Lavuaze unga “azot” deb nom berdi. Lekin bu nom gaz uchun to’g’ri kelarmikin? Bu haqidagi fikrlarimni o’z xulosamda bayon etaman…   Azotning tabiatda uchrashi   Azot-o’zining yerda tarqalishi jihatidan boshqa elementlar orasida oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Azot tabiatda erkin va birikmalar holida uchraydi. Erkin holatlardagi azot havoda bo’ladi. Havoda hajm jihatdan 78,09% , massa jihatdan 75,53% azot bor. Yer qobig’ida azotning massa miqdori 0,01% ga teng. Azot birikma holida hamma o’simlik va hayvonlar organizmida bo’ladi.Azotning tabiiy holda uchraydigan anorganik birikmalaridan chili selitrasi, boshqacha aytganda NaNO3 ma’lum. Tabiatda azotning 2 ta izotopi uchraydi 14N va 15N, bulardan atiga 0,365% 15N izotopi, qolgani esa 14N izotopi hisoblanadi.

7 слайд

Описание слайда:



Azotning davriy sistemadagi o’rni.   Azot D.I.Mendeleyev davriy sistemasining II davr V guruh asosiy guruh elementi hisoblanadi. Sanoatdaazot havodan olinadi.azot rangsiz, hidsiz va mazasiz gazdir, suvda oz eriydi. Azot odatdagi temperaturada inert gaz. Qizdirilganda u metallarga nisbatan aktivlashadi. Ba’zi metallar bilan birikib nitridlar hosil qiladi. 3Ca + N2 = Ca3N2 Azot yuqori darajada vodorod, kislorod bilan birikadi. Azot ammiak ishlab chiqarish uchun elektr sanoatida elektr lampalarini to’ldirish, benzin omborlarida benzinni boshqa idishga haydash, laboratoriyalarda inert muhit, ya’ni oson oksidlanuvchi moddalarni havo kislorodi ta’siridan himoya qiluvchi muhit yaratish uchun ishlatiladi. Olinishi Labaratoriyada azot ammoniy nitratni qizdirib olinadi, reaksiya ikki bosqichda boradi. NH4Cl(kons) + NaNO2(kons) NH4NO2 + NaCl NH4 NO2 N2 + 2H2O  Shuningdek, Br2 ta’sirida ammiakni oksidlab olinadi.   2NH3 + 3Br2 → 6HBr + N2   Juda toza azot olish uchun natriy azitni termik parchalash usulidan foydalaniladi. 2NaN3 2Na + 3N2   Sanoatda azot suyultirilgan havoni rektifikatsiyalash yo’li bilan olinadi.

8 слайд

Описание слайда:


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling