Презентация прототипов


Mitanni davlatining kuchayishi va istilochilik yurishlari


Download 63.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi63.79 Kb.
#1834929
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация прототипов

Mitanni davlatining kuchayishi va istilochilik yurishlari.Yuqorida ta’kidlab o'tilganidek, m.av. XVI-XV asrlar 
Mitanni Davlatining kuch-qudrat jihatdan gullagan davriga to‘g‘ri keladi. 


Qadimgi 
Mitanni
Askari


Bu davrda Mitanni podsholari faol istilochilik urushlarini olib borib, Ashshur. Niniviya shaharlarini, 
shuningdek, Ossuriyaning bir qism yerlarini ham bosib oladi. Mitanni qo‘shinlari sharq vajanubi- 
sharqda Zagros tog'lari orasida yashovchi tog'lik gutey va lulubey qabilalari yerlarini ham bosib 
oladilar.M.av. XVI-XV asrlarda Mitanni xettlar bilan g'olibona urushlar olib borib, Kichik Osiyoning 
sharqiy hududlari, Suriya, Finikiya va hatto Falastinga ham kirib borib ularga o'z ta’sirini o‘tkazadi. M. 
av. XVI asrda Mitanni davlati ta’sir doirasining Old Osiyoda osha borishi uning atrofidagi davlatlarning 
e'tiborini o'ziga tortmay qo'vmas edi. Xususan, O'rtayer dengizi sharqiy sohillarini bosib olishga 
intilayotgan Misr fir'avnlari bilan Mitanni podsholari o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlarga olib keldi. Mazkur 
davrda har ikki davlat o'rtasida Old Osiyoda ustunlikka ega boTish uchun qizg'in Kurash boshlandi. 
Misr qo'shinlari Tutmos I boshchiligida Frot daiyosi bo'yigacha yetib kelib, Mitanni chegarasiga 
g'alaba toshini o'rnatdi. Tutmos III davrida Misr qo'shinlari Frot daryosini kechib 
o'tib, Mitanni qo'shinlari bilan g'olibona urushlar olib borib Mitanni podshosi va qo'shinlarini orqaga 
chekinishga majbur qiladilar. Tutmos III ham Mitanni chegarasiga g'alaba toshini o'rnatadi. 
Ammo misrliklar o'z g'alabalarini oxiriga yetkazmaganlar. Tutmos III yana bir necha bor harbiy 
yurishlar uyushtirib, u yerda boshlangan qo'zg‘ok)iilarni bostirishga urinadi. Ammo o‘sha davrdagi 
Old Osiyo va Yuqori Misrdagi siyosiy voqealar Misr qo'shinlariga Mitannini butunlay bosib olishga 
imkon bermaydi. Ikki orada sulh Tuzilib Mitanni o'z mustaqilligini saqlab qoladi. Hatto Misr bilan 
Mitanni o‘rtasida m.av. XV asrda Misr Old Osiyodagi bir qator davlatlar bilan juda mustahkam savdo 
va diplomatiya mimosabatida Bolgan.


Miloddan avvalgi XIV Asr


Misr bilan Mitanni o'rtasida ittifoq tuzilib. bu ittifoq bir necha Sulolaviy nikohlar bilan 
mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrattining Misr fir’avni Amenxoteb III ga yozgan 
xatlarida pirovardida Misr bilan Mitanni o'rtasida juda ham mustahkam munosabatlar 
o'rnatilishiga olib kelgan muzokaralarning ayrim bosqichlari ravshan va jonli qilib 
tasvirlangan.Tutmos IV va Amenxoteb III Mitanni podshosi qizlariga uylanar ekan, ular 
o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalari o'matilib, ular bir -birlariga sovg'a-salomlar yuborib 
turadilar. Ammo ikki davlat o'rtasidagi do'stlik rishtalari uzoqqa bormaydi.M. av. XV asr 
oxirlarida Misr kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan fovdalangan Mitanni qo'shinlari 
shimoliy Suriya va Bobilga bostirib kirib, Falastinni ham ishg'ol qiladi. Bu davrda Misr 
bilan Ossuriya Mitanniga qarshi ittifoq tuzadilar. O 'z o'rnida Mitanni ham Ossuriya-Misr 
ittifoqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzadi. Mazkur davrlar ichida Xett davlati kuchayib, 
Xett qo'shinlari Mitanniga bostirib kirib, Mitanni qo'shinlarini tor-mor etadi. Bu davrda 
Mitanni podshosi saroyida fitna-fujur ko'payib. nihoyat Mitanni podshosi 
o'ldiriladi.Shimoldagi Alba bilan Ossuriyaning birlashgan qo'shinlari Mitanni qo'shinlariga 
zarba berib, uning shimoldagi yerlarini bosib oladilar. Bu vaziyatdan fovdalangan Xett 
podshosi qo'shinlari Mitannini ishg'ol qiladilar. Xett podshosi Tushrattining o'g'li 
Shattivasni taxtga o'tqazib, unga o'z qizlaridan birini nikohlab beradi.M.av. XIV asrning 
ikkinchi yarmida Mitanni Xettlarga tobe bo'lib qoladi. Xettlar yordamiga tayangan 
Mitanni podshosi qo'shinlari Ossuriyani bosib olish uchun ularga qarshi kurash boshlaydi. 


Ammo jangda Mitanni qo'shinlari mag'lubiyatga uchrab, podsho oilasi bilan ossurlar qo'liga asir tushadi. 
Mazkur janglar natijasida Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo'shinlari tomonidan ishg'ol qilinadi. Keyingi 
janglar natijasida Ossuriya qo'shinlari Mitanni qo'shinlarini batamom mag'lubiyatga uchratadi. Urushlar 
natijasida Mitanni mamlakati vayron qilinib, janglarda juda ko'p mitanni askarlari va oddiy aholi qirg'inbarot 
qilinadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinib, Ossuriyaga haydab ketiladi. Ossuriyaning ketma-ket bergan 
zarbalari natijasida Mitanni zaiflashib, mayda davlatchalarga bo'linib ketadi.Keyinchalik Mitanni 
Ossuriyaning ta’siriga tushib, davlat sifatida tarix sahnasidan tushib ketadi.Mitanni podsholigining ijtimoiy 
tuzumida hududiy jamoalar, qishloq (salu), katta oilali uy jamoalari ’’dimtular” katta o'rin tutgan. Yer katta 
oilali jamoaning mulki hisoblangan. Jamoa savdogarlar. to'quvchi. dehqon va boshqa kasbdagi kishilardan 
iborat Bo'lgan. Mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jamoaning buzilishiga olib kelgan. Qarzdorlik va 
sudxo'rlik xurrit jamiyatidagi kambag'allargina emas, balki o'rta tabaqalarning ham xonavayron bo'lishiga olib 
keladi. Mitannida qo'lga tushgan ashlar qulga avlantirilgan. Qarzdorlik ham qulga aylantirishning bir shakli 
bo'lgan. Mamlakatda qullarni m aium muddatga sotish ham keng tarqalgan edi. Mitannidagi qulchilik 
patriarxal xususiyatga ega bo'lib. ular ba’zi huquqlarga ega edilar. Ular cho'rilargagina emas, ozod ayollarga 
ham uylanishlari mumkin bo'lgan. Qullar mehnatidan ishlab chiqarish xo'jaligining barcha tarmoqlarida. ya’ni 
bog'dorchilikda. mol boqishda, to'quvchilikda. kulolchilik. kir vuvish. yuk ko'tarish, non yopish va boshqa 
sohalarda foydalanish mumkin bo'lgan. Saroyda ishlaydigan qullar podsho oilasiga ancha yaqin bo'lgan va 
ular podsho oilasidan katta-katta sovg'alar olib turgan. Ular podsho saroyida kotiblik lavozimini ham egallar 
edilar. Shuningdek, qullar ma’lum muddatga ijaraga berilgan, sotilgan va sotib olingan. Qochqin qullar qattiq 
jazolangan.


Mitanni davlati egallagan yerlar tog'lik, qisrnan tekisliklardan iborat boiib, chorvachilik va 
lalmi dehqonehilik rivojlanishiga imkon bergan. Mitannida yilqichilik ham yuksak 
darajada rivoj topib. mitannilik Kikkuli yilqichilikka oid ilmiy asar yozgan. Mamlakatning 
bir qismi tog'lik boiganligi uchun u yerda mis, qo'rg'oshin, toshlar va oim onlar mavjud 
bo'lgan. Bu boyliklar mamlakatda ma'dansozlik va qurilish ishlarini rivojlantirish imkonini 
bergan. Mitanni dehqonlari mamlakatdan oqib o'tadigan Frot daryosining 
Xabur va Belix, Yuqori va Quyi Zab, Dajla va uning irmoqlari oqib o'tadigan serunum 
yerlarda sug'orma dehqonehilik bilan, suvsiz qir-adirlarda lalmi-bahorikor dehqonehilik 
bilan shug'ullanganlar. Dehqonlar asosan bug'doy, arpa, no'xat. kunjut, sabzavot ekkan. 
Tog'oldi hududlarida esa olma. nok. xurmo va boshqa mevali daraxtlarni ekib 
bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. U yerda sabzavotchilik ham yaxshi rivoj 
topgan. Mitanni bog'bonlari tok ekib uzumchilikka ham katta e’tibor berganlar. Mitanni 
aholisi yirik shoxli qoramol-sigir. buqa, ho'kiz va buzoqlar, shuningdek, qo'y-echki kabi 
mayda shoxli chorva bilan ham shug'ullanganlar. Mitanni togiari chorva uchun 
o't-o'lanlarga boy bo'lgan. Chorvaning hamrna turi tog' yavlovlarida boqilgan.Yuqorida 
ta'kidlanganidek, Mitannida yilqichilik yuksak darajada rivojlangan bo'lib, mitanni otlari 
butun Old Osiyoda mashhur bo'lgan.Kulolchilik, to'qimachilik, temirchilik, zargarlik, 
qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa tarmoqlari yaxshi rivojlangan edi. Mitanni 
davlati avvalo Janubiy Mesopotamiya xalqlari, qolaversa O'rtayer dengizining sharqiy 
sohilidagi mamlakatlar. shuningdek, Misr madaniyatidan bahramand bo'lgan.

Download 63.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling