Презентация прототипов
nihoyat Rim saltanati ta'siriga tushib qoladi
Download 63.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Презентация прототипов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yamxad va Geksoslar davlati.
nihoyat Rim saltanati ta'siriga tushib qoladi.
Suriyada odamlar o'ta qadim zamonlardan beri riylar va “Sharq bolalari” deb atalgan qabilalar bo‘lishgan. Keyinchalik bu yerga xettlar, somiylar, eroniylar, yunonlar va rimliklar kelib joylashgan.Suriya va Finikiyada shahar-davlatlarining tashkil topishi.M.av. VIII-VII mingyilliklarda bu o'lkada o'troq dehqonchilikka asoslangan ilk qishloqlar paydo bo'ldi. M.av. VI-IV mingyilliklarda esa bu qishloqlar kengayib, xo'jaligi rivoj topdi. Aholi orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish shakllana boshlaydi. Keyinchalik esa ibtidoiy qishloqlar o'rnida Ugarit, Arvad,Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Ebla va Kadesh kabi shahar-davlatlar Tashkil topadi. Bu shahar-davlatlarning har birining o‘z podshosi, qo'shini, soqchilari, qamoqxonalari, amaldorlari, qozilari va ma’muriy idoralari bo'lgan.M.av. XX asrdan XVI asrgacha Firrikiya va Suriyaning ayrim Shahar-davlatiari, xususan Bibl Misrga tobe boigan. M. av. XIV Asr oxirida xettlar shimoliy Suriyaga bostirib kirib, uni o'zlariga Itoat ettirganlar. M.av. XIV-XII asrlarda esa Misr fir’avnlari va Xett podsholari Suriya va Finikiyani talashib qonli janglar olib borgan. Bu jang m.av. 1280-yildagi Misr-Xett sulhi bilan tugagan. Sulhga ko'ra Suriya va Finikiya Misr va Xettlar tomonidan boiib olingan. Mamlakatning shimoli Xett podsholigiga, janubi esa Misrga qaram bo'lib qoladi.XIII asrda Suriya dengiz xalqlari hujum qilib, Uning shahar qishloqlarini talab vayron etadilar. Uzoq davom etgan qonli janglar va ichki nizolar natijasida Misr va Xettlar davlati Kuchsizlanadi. Bundan foydalangan Suriya va Finikiya shaharlari inustaqillik uchun harakat boshlaydilar. M.av. X I-X asrlarda Bibl,Sidon va Tir ancha yuksaladi. Xiram I (965-936) davrida TirSidon podsholigi kuchayadi. Shu davrda Finikiya dengizchilari Misr lir'avni Nexo taklifiga ko'ra Qizil dengiz bo'ylab suzib, 3 yil deganda Afrika qit’asini aylanib, Gibraltar bo'g'ozi, O'rtayer dengizi orqali vatanlariga qaytganlar. Finikiyaliklar O'rtayer sohilidagi ba'zi joylarda o'z manzilgohlarini barpo qilganlar. l iardan eng mashlruri Karfagen edi. Персона 1 Yamxad va Geksoslar davlati. M. av. XVIII asrda amoriy qabilalarining katta guruhi Shimoliy Suriyaga bostirib kiradi. Ularning sardori Suniuepax Yamxad davlatini tuzib. o'zini hukmdor Deb e'lon qiladi. U Karxemishdan Katnagacha boigan yerlarni bosib oladi. Sumuepaxning vorisi Yarmilim o'zini shoh deb e’lon qilib, Xalapni davlat markaziga aylantiradi. Yamxadliklar Mari va Bobil bilan qizg'in savdo-sotiq ishlari olib borib, ularga bug'day,zaytun moyi, musallas, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlari yetkazib beradilar. Ulardan esa qurol. qo'rg'oshin va zargarlik buyumlari keltiradilar.Ammo XVIII asr oxiriga kelib, Yamxad davlati kuchdan ketib, o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. M. av. XVIII asr oxiri XVII asr boshlarida Yamxaddan janubdagi bepoyon dashtlarda giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Falastin va Janubiy Suriyadagi ko'pgina shahar-davlatlarni bosib oladilar. O'zlarining otliq qo'shini va jangovar aravalarida Shimoliy Misrga bostirib kiradilar. Nil Daryosining quyi qismidagi Avaris shahrini mamlakat poytaxtiga Aylantiradilar. Ular Misrda 120 yildan ortiq hukmronlik qiladi. M.av. 1580-yili giksoslar Misrdan quvib chiqariladi. Misrliklar Finikiya, Falastin va Suriyada o'z hukmronliklarini o'rnatgach, XV asrga kelib giksoslarning harbiy ittifoqi tarqalib ketadi.O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi yerlar dasht-sahro va kichik-kichik unumdor vohalardan iborat bo'lgan. M.av. VI-IV mingyilliklarda aholi ekin maydonlarini kengaytirib, bug ‘dov, arpa, tariq, zig ‘ir ekib. sabzavotchilik va bog‘dorchilik bilan shugillangan. Ular donni yormatosh va qo'l tegirmonlarda maydalab un tayyorlaganlar. Bog'bonlar mevali bogiar va tokzorlar yaratish uchun tog' yonbag'irlaridagi yerlardan unumli foydalangan. Misr yozuvlarining birida o'lkadagi mo'l-ko'llik haqida shunday hikoya qilinadi: “Bog‘lar mevalar bilan to4ib-toshibyotibdi. Vino ezgichdan suv kabi oqadi. Terassalarda to‘kilibyotgandonlar shunday m o‘l-ko‘lki, liatto qumdan ham ko'p”.Suriya va Finikiya yaylovlarida chorvachilik ham rivojlangan boiib, ular, qo‘y, echki, qoramol boqib, it va mushuk saqlaganlar. Chorvadorlar aholini go'sht, yog', teri va jun mahsulotlari bilan Ta’minlagan. Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati. Suriya, ayniqsa Finikiya Old Osiyodagi madaniyat rivojlangan mamlakat boigan. Bu mamlakat xalqi erishgan yutuqlardan biri bu yozuv alifboning ixtiro qilinishidir. Ular m.av. II mingyillik boshlaridayoq bobilliklar mixxati asosida alifbo tuzganlar. M.av. IX-VIII asrlarda esa Finikiyada 24 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Finikiya yozuvi o‘sha zamonlardayoq atrof oikalarga yoyiladi.Finikiya va Suriyada rassomchilik, haykaltaroshlik. xalq og'zaki ijodiyoti va adabiyoti ancha erta rivoj topgan. Ular tosh, fil suyagi. yog'och va turli ma’danlardan hayvon. odam va xudolarning haykallari va rasmlarini mohirlik bilan ishlaganlar.Suriya va Finikiyada matematika, geogratiya, dengizchilik,Astronomiya, tarix, yer bilimi, kimyo va fizika fanlari rivoj topgan edi. Gerodot m aium otlariga k o ia , m.av. VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik. fizik, astronom va faylasuf Falesasli finikiyalik ekan. Sidonlik faylasuf M ox esa yunon faylasufmatematiklaridan ancha oldin atomlar haqidagi nazariyani ilgari surgan.Suriya va Finikiyada dastlabki ibtidoiy din shakllari - tabiat hodisalariga, qoyatoshlarga, hayvon va boshqa buyumlarga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ularda yer va dehqonchilik bilan bogiiq e’tiqodlar ham kuchli edi. Ularning diniy e’tiqodida oiish vatirilish kabi tabiat xudolari Vaal va uning o‘g ii Alyaap alohida hurmatga sazovor ekan. Mot ularda o iim xudosi hisoblangan. Molox ham hurmatli xudolaridan boigan. Finikiyada bayram kunlari odamlarni xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar. Qadimgi Mitanni janubi-g‘arbiy Osiyodagi quldorlik davlatlaridan biridir. Bu qadimgi davlal Mesopotamiyaning shimoliy va shimoli-g'arbiy qismida joylashgan. Uning yer usti tuzilishi shimolda tog'lik va qir-adirliklardan, g'arbiy qismi ham tog'liklardan iborat. Janubiy qismi esa Mesopotamiya pasttekisliklari bilan tutashib ketadi. Mamlakat g'arbidan Frot daryosining Xabur va Belix irmoqlari oqib o'tadi. Sharq tomonidan esa quyi Zab, yuqori Zab, Dajla va uning irmoqlari oqib o'tadi. Mitannining ob-havosi quyi Mesopotamiyaga nisbatan boshqacha. yozmo'tadil, qishi sovuqroq.Mitanni yerlaridan shimol bilan janubni, sharq bilan g'arbni birlashtiruvchi muhim savdo yo'llari o'tgan. Mazkur savdo-sotiq yo'llari Mitanni aholisining xo'jaligida juda katta ahamiyatga ega Bo'lgan.dehqonchilik. chorvachilik. hunannandchilik va nihovat savdo -sotiqning rivojlanishi natijasida Mitanni aholisi orasida xususiv mulk, mulkiv tengsizlik. kishilar orasida tabaqalanish jaray oni yuz berib. ilk Davlatning barpo etilishi uchun shart-sharoit vujudga kelganTarixiy zaruriyat esa bir necha qabilalarni birlashib qabilalar ittifoqi barpo boTishiga olib kelgan. Va nihoyat qabilalarning o‘zaro birlashuvi natijasida dastlabki davlat qaror topgan.Bu jarayon Mitanni hududida m.av. XX-XVIII asrlarda sodir boigan bo'lishi mumkin. Tarixchi, arxeolog olimlarning farazlariga ko'ra m.av. XVII-XVI asrlarda bu hududda ilk Mitanni davlati tashkil topgan. M.av. XVI-XV asrlarda Mitanni Old Osiyodagi Kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Download 63.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling