Презентация ученицы 11 класса «А» школы №835 Купцовой Анны на тему: «Мифы и реальность озоновых дыр»


Download 1.7 Mb.
bet2/4
Sana07.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1082757
1   2   3   4
Bog'liq
Saydullo

Ozon tuynugi haqida qarashlar

1-qarash. Ozon qatlami faqat Antarktida ustida buzilmoqda


198-yillarga kelib izlanishlar shuni ko’rsatdiki, Antarktida ustida stratosfera ozoni konsentratsiyasi yildan yilga sekin, ammo uzluksiz pasayib bormoqda. Bu hodisa “ozon tuynugi” deb nomlandi va diqqat bilan o’rganila boshlandi.
Ozon qatlami faqat Antarktida ustida yemirilyapti degan qarash noto’g’ri. U butun atmosferada yemirilib bormoqa. Buni planetaning turli nuqtalarida o’tkazilgan uzoq vaqtli kuzatishlar natijalari tasdiqlaydi

2-qarash. Ozonni asosiy yemiruvchisi – freon

Freon –xlor tutgan kimyoviy birikma bo’lib, u aerozol va kimyoviy uskunalar asosini tashkil etadi. Ma’lumki, freonni 1 ta molekulasi million molekula ozonni yemiradi va uni oddiy kislorod molekulasiga aylantiradi.

Stratosferadagi ozon yemirilishining 15-25% qismini xlorli jarayonlar tashkil etsa, shu xlorli jarayonlarning 80% qismi antropogen omilga, aniqrog’I freonga to’g’ri keladi. Ya’ni inson ta’siri xlorli jarayonlar hissasini oshirib yubormoqda. Bashoratlarga qaraganda, 2050-yilga kelib freon ta’siri umumiy ozon yemirilishining 30dan 50% qismini tashkil etadi. Inson ta’siriga qadar ozon hosil bo’lish jarayoni va uning yemirilishi muvozanatda edi. Lekin inson ta’siri ostida atmosferaga ko’tarilayotgan freon bu muvozanatni ozon konsentratsiyasi kamayishi tarafigabuzilishiga olib keldi.

Lekin freondan tashqari boshqa galogen tutuvchi moddalar ham atmosferada borki, ular ham ozon qatlamining yemirilishiga sabab bo’lmoqda.

Bundan biz ozon tuynugi hosil bo’lishining sababi faqatgina freonda emasligini xulosa qilishimi mumkin.

3-qarash. Freon atmosferaga yetib borishi uchun juda og’ir

Ba’zida freon molekulalari kisloroddan va azotdan ancha og’irroq, shu sababli ular stratosferaga yetib bora olmaydi degan qarashlar ilgari suriladi. Ammo eksperimental o’rganishlar shuni aniqladiki, freon va og’ir inert gazlar ham atmosferada uchraydi. Bunga sabab, ularning atmosferaga, shu qatorda stratosferaga yetib borishi ularning og’irligiga bog’liq emas, balki konveksiya va gazlarning girdobli oqimi natijasida yuz beradi. Tekshirishlar natijasida ma’lum qilinishicha 84 atom massali kripton va 4 atom massali geliy stratosferada bir xil miqdorda uchraydi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling