Презентация ученицы 11 класса «А» школы №835 Купцовой Анны на тему: «Мифы и реальность озоновых дыр»


Download 1.7 Mb.
bet1/4
Sana07.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1082757
  1   2   3   4
Bog'liq
Saydullo

“OZON TUYNUGI MUAMMOSI”


Adahamjonov Saydullo

Taqdimotdan maqsad – ozon tuynugi hosil bo’lishi muammosiga oid savollarga javob topish

Yerning zamonaviy kislorod atmosferasi – Quyosh sistemasi planetalari orasidagi noyob hodisadir, va uning noyobligi bevosita undagi tirik hayotning mavjudligi bilan bog’liqdir. Ekologiya muammosi hozirgi kunda insoniyat uchun, shubhasiz, asosiy muammodir. Ekologik muammo esa, o’z navbatida, Yerning ozon qatlami buzilishi bilan bog’liq. Bugun biz “ozon tuynugi” haqida ko’p eshitamiz. Lekin aslida bu nima? U qanday paydo bo’ladi? U nimaga olib keladi? Bu savollarga javob juda ko’plab. Kelin ulardan bir nechtasini qarab chiqamiz.

Ozon va atmosfera

Ozon - bu havorang, o’ziga hos xidga ega, juda kuchli oksidlovchi bo’lgan gaz. Ozonning molekulyar formulasi - О3. Kisloroddan va havodan og’ir.

Atmosferada ozon planetadagi barcha tirik organizm uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Stratosferada ozon qatlami hosil qilish orqali o’simlik va jonivorlarni ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiladi. Shu sababdan ozon tuynugining paydo bo’lishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ozon tuynugi

Ozon tuynugi – Yerning ozon qatlamidagi ozon konsentratsiyasining keskin pasayishi.

Ozon tuynugi hosil bo’lishi tufayli Yerga quyosh radiatsiyasi oqimi kelishi keskin ortadi va bu insonlarda turli hastaliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, o’simliklar va jonivorlar ham bundan aziyat chekadi.

Ozon tuynugi birinchi marta 1985-yilda Janubiy yarimsharda Antarktida ustida 1000 km diametrda britaniyalik olimlar (J.Shanklin, J.Farmen, B.Gardiner) tomonidan aniqlangan va Nature jurnalida shu haqida maqola e’lon qilingan. Har avgust oyida u paydo bo’lgan, dekabr-yanvar oylariga kelib u kichrayar edi. Shimoliy yarimsharda Arktikada kichikroq o’lchamdagi boshqa tuynuk paydo bo’ldi. Shundan keyin butun dunyo olimlari bir to’xtamga kelishdiki, Yerda ozon tuynugining ulkan miqdori mavjud. Lekin Antarktida ustida xavfli va ulkan ko’rinishga ega.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling