O’tkazilgan tadqiqotlar ko’rsatadiki, freonlar stratosferaga yetib borishi uchun 5 yil mobaynida vaqt talab qilinadi. Ko’pchilik havoga freon chiqishi asosan Shimoliy yarimsharda bo’lib turgani holda ozon tuynugi nima sababdan Antarktika ustida paydo bo’lishini tushunmaydi. Gap shundaki freon troposfera va stratosferada yaxshi tarqalgan. Reaksion qobiliyati past bo’lgani uchun amalda uzoq vaqt yashash muddatiga ega. Shu sababdan freon atmosferaning yuqori qatlamiga oson yetib boradi. Antarktika “ozon tuynugi” doimiy emas. U qishning oxiri – bahorning boshlarida paydo bo’ladi. Antarktika ustida ozon tuynugining hosil bo’lishi iqlimning o’ziga xosligi bilan bog’liq. Qishda Antarktikaning qutbli maydonini Quyosh yoritmaydi va o’sha yerda ozon hosil bo’lmaydi. Yoz kunlarida esa ozon qatlami yana o’z holiga keladi. Ya’ni Antarktikadagi ozon tuynugining hosil bo’lishi – mavsumiy. Shu yo’l bilan, biz ozon tuynugi faqatgina freon manbalari ustida hosil bo’lmasligi haqida xulosa qilishimiz mumkin. Galogenlarning tabiiy manbalari, masalan, vulqonlar ozon yemirilishiga ko’proq ta’sir ko’rsatadi, degan fikrlar mavjud. Ammo ular suvda yaxshi eruvchan bo’lganligi uchun (asosan xlorid-ioni va vodorod xlorid) stratosferaga yetib bormaydi, atmosferaning quyi qatlamida qolib ketadi va yerga yomg’ir bo’lib tushadi. Shuningdek, tabiiy birikmalar freonga nisbatan beqaror moddalar hisoblanadi, masalan, metilxlorid bir necha o’nlab va hatto yuzlab yil yashaydigan freon bilan solishtirganda fqatgina bir yil mavjud bo’la oladi. Shu sababdan ularning stratosfera ozonining yemirilishida hissasi yetarlicha kam. Hatto 1991-yil iyunda Pinatubo vulqoni otilishida ham ozon konsentratsiyasining tushib ketishi galogenlar hisobiga emas, sulfat kislotali aerozolning ko’p miqdorda hosil bo’lib, ozon yemirilishida katalizator vazifasini o’tashi hisobiga yuz berdi. Baxtga ko’ra, uch yildan keyin vulqon aerozollari atmosferadan amalda butunlay yo’qotilindi. Shunday qilib, vulqon otilishi ozon yemirilishida freonga nisbatan kam ta’sir ko’rsatadigan omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |