Презентация ученицы 11 класса «А» школы №835 Купцовой Анны на тему: «Мифы и реальность озоновых дыр»


Download 1.7 Mb.
bet4/4
Sana07.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1082757
1   2   3   4
Bog'liq
Saydullo

Yuqorida keltirilgan gipotezalarni qarab chiqib biz ozon qatlami nafaqat Antarktida ustida, balki butun planeta ustida yamirilyapti; ozon tuynugi hosil bo’lishining sababi nafaqat freon, balki boshqa omillar ham ekanligini xulosa qilishimiz mumkin.

Ozon yemirilishiga havoni ifloslantiruvchi azot tutgan birikmalar ham ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Azot tugan birikmalar tabiiy jarayonlar bilan bir qatorda, antropogen omillar natijasida ham paydo bo’ladi. NO dvigatellarning ichki yonishida hosil bo’ladi. Raketalar uchirilishi va yuqori shovqinli samoletlar ozonning yemirilishi olib keladi. NO manbalari shuningdek staratosferaga barqaror bo’lgan N2O gazini ham chiqaradi. Bu esa o’z navbatida ozon konsentratsiyasining pasayishiga olib keladi.

Antropogen omillar

Insoniyat tomonidan zaharli gazlarni havoga chiqarilishi ham ozon yemirilishiga ma’lum miqdorda sabab bo’lmoqda.

Birinchi ulkan manba bu – avtomobil transportlar bo’lib hisoblanadi. 2-bo’lib sanoat ishlab chiqarishida havoga ko’tarilayotgan chiqindi gazlar sabab bo’lmoqda.

Oxirgi izlanishlarga qaraganda ozon qatlamining yemirilishi –tabiiy hodisa bo’lib, quyosh nurlarining intensivligiga bog’liq. Qayerda u kam bo’lsa, shu yerda tuynuk hosil bo’ladi. Shu sababdan tuynuk ko’proq qutbda paydo bo’lmoqda.

Shunday qilib, biz ozon qatlami yemirilishi butun planetaning ustida ro’y bermoqda, ozon yemirilishining manbasi freon bilan bir qatorda antropogen omillar ham ekanligi haqida xulosa qilishimiz mumkin.

Ozon qatlamini himoya qilish maqsadida Monreal shartnomasi ishlab chiqilgan. Shartnoma 1987-yil 16-sentabr kuni imzolangan va 1989-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Shartnomaning maqsadi Yerdan ozon qatlamiga ko’tarilayotgan ayrim ozon qatlamini yemiruvchi kimyoviy moddalarni miqdorini kamaytirishga qaratilgan.

Халкаро озон катламини химоя килиш куни

1994-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 16-sentabrni Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni deb e’lon qilindi. Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kunining shiori: “Osmonni asra: o’zingni himoya qil – ozon qatlamini himoya qil”.

BMT mutahassilari ma’lum qildiki, ozon qatlamining yemirilishi to’xtadi. 300 ta olim ozon qatlamini oxirgi 4 yil ichida kuzatdi va ta’kidlashdiki, 50-yilga kelib ozon qatlami qalinligi o’tgan asrning 70-yillaridagi holiga qaytadi.

Keling, barchamiz ozon qatlamini himoya qilishga o’z hissamizni qo’shaylik. Freon tutgan vositalarni ishlatmaslikka harakat qilamiz, atmosferaga kamroq zaharli moddalar chiqaramiz. Planetamizni toza saqlaymiz!


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling