Prezentatsiya tayyorladi: Rabbimov J. Tekshirdi: Choryorqulov G’. Mavzu: Tovar moddiy zahiralar hisobi. Ustav kapitali va moliyaviy qo’yilmalar


Download 69.87 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi69.87 Kb.
#1454544
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Raqamli va axborot tex. modul 2

PREZENTATSIYA

Tayyorladi:Rabbimov J.

Tekshirdi:Choryorqulov G’.

Mavzu:Tovar moddiy zahiralar hisobi.Ustav kapitali va moliyaviy qo’yilmalar.

  • Reja:
  • 1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
  • 2.Ustav kapitali haqida tushuncha.
  • 3.Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarning tarkibi, sintetik va analitik hisobi. 

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tovar-moddiy zaxiralari moliyaviy resurslarning katta qo’yilmalarini talab qiladigan ob’ektlar sirasiga kiradi va shu sababli xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish siyosatini belgilaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Biroq ko’pgina xo’jalik yurituvchi sub’ektlar unga etarlicha e’tibor ajratmaydi va doimo o’zlarining kelgusidagi naqd zaxiralarga bo’lgan ehtiyojlarini to’g’ri baholamaydilar. Buning natijasida ular odatda zaxiralarga o’zlari taxmin qilganlaridan ko’p kapital qo’yishga majbur bo’ladilar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida barcha turdagi zaxiralarga (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha) sarflanadigan kapital qo’yilmalarning optimal darajasini aniqlash va saqlab turish maqsadida ayrim korxonalar tovar-moddiy zaxiralarning optimal darajasini belgilab olishadi. 

Ushbu ko’rsatkich belgilanganda, uning doimo saqlanib turilishini ta’minlash talab etiladi, chunki bu ishlab chiqarish ehtiyojlari va iste’molchi talabini qondirishda juda zarur hisoblanadi. Boshqa tomondan, zaxiralarning haddan tashqari hajmini saqlab turishdan qochish lozim, chunki zaxiralarga boshqa maqsadlarda ishlatib qo’shimcha daromad olishi mumkin bo’lgan mablag’lar sarflanishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o’zida to’la o’tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, extiyot qismlar korxona aylanma aktivlarini tashkil qiladi. Materiallarning xar bir turi bo’yicha normativlarni korxonaning o’zi mustaqil belgilaydi. 


Download 69.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling