Prezentatsiya tayyorladi: Rabbimov J. Tekshirdi: Choryorqulov G’. Mavzu: Tovar moddiy zahiralar hisobi. Ustav kapitali va moliyaviy qo’yilmalar
Download 69.87 Kb.
|
Raqamli va axborot tex. modul 2
Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik sub’ektlari ixtiyorida etarli miqdordagi mablag’larning bo’lishi ularning o’z faoliyatini amalga oshirishning muhim shartlaridan biridir. Korxona mablag’lari turli va joylanishiga ko’ra ishlab chiqarish doirasidagi, sanoatga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish va xo’jalik mablag’lariga bo’linadi. Ishlab chiqarish doirasidagi mablag’lar bajaradigan vazifasiga qarab mehnat vositalari va mehnat buyumlariga bo’linadi. Mehnat buyumlariga mahsulot tayyorlashda foydalaniladigan ishlab chiqarish zaxiralari kiradi.Ishlab chiqarish zaxiralari – xo’jalik yurituvchi sub’ektda keyinchalik qayta ishlashga yo’naltirilgan sotib olingan yoki mustaqil ravishda tayyorlangan buyumlardir. Xom ashyo - xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblangan va keyinchalik qayta ishlash uchun mo’ljallangan sotib olingan yoki boshqacha usul bilan olingan tovarlardir. Korxonalar o’z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum mikdorda ishlab chiqarish zaxiralariga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish zaxiralari xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishni ta’minlaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish – tayyor mahsulotga aylantirilishi ularning keyinchalik qayta ishlanishini talab etadigan tovarlardir.Ularning qiymati ma’lum vaqtgacha avval amalga oshirilgan xom ashyo, mehnat xarajatlari va ustama xarajatlarning summasi sifatida aniqlanadi. Buxgalteriya balansi 1-sonli shaklning 150-satriga asosan ishlab chiqarish zaxiralariga faqatgina 1000-“Xom ashyo va materiallar”, 1100-“O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar”, 1500-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1600-“ Materiallar qiymatidagi farqlar” kiritilgan.Ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalardan farkli ravishda, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o’zida to’la o’tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, ehtiyot kismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Materiallarning har bir turi bo’yicha normativlarni korxonaning o’zi mustaqil belgilaydi.Download 69.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling