Prezentatsiya yaratish bosqichlari


Power Point prezentatsiya slaydiga rasm va obyektlarni qo`shish


Download 185.62 Kb.
bet5/6
Sana11.05.2023
Hajmi185.62 Kb.
#1452744
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Prezentatsiya yaratish bosqichlari

Power Point prezentatsiya slaydiga rasm va obyektlarni qo`shish
MS Power Point ga rasm joylashtirish, quyidagicha amalga oshiriladi.
Buning uchun:
Siz tanlagan maket masalan rasmda keltirilganoyna ko`rinishida bo`lishi kerak. Ko`rib turganingizdek bu maket:
1. tablitsa hosil qilish;
2. diagramma joylashtirish;
3. SmartArt obyeklaridan joylashtirish;
4. mavjud fayldagi rasmni joylashtirish;
5. klip (rasm) joylashtirish
6. koleksiyadagi kliplardan va fayldan joylashtirish imkoniyatiga ega maketlardan hisoblanadi.
Slaydga rasm yoki biror bir obyekt tasvirini joylashtirgach, uni formatlash uchun belgilab olganimizda, tasmada Format menyusi hamda grafik obyektlarda o`zgartirishlar hosil qilishga imkon beruvchi - Rabota s risunkami - menyu osti namoyon bo`ladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan yangi pedagogik texnologiya kirib keldi. Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda, grafik, multimediya, bir tildan ikkinchi tilga va bir alifbodan ikkinchi alifboga o‘girish, Internet, Web texnologiya, Elektron virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdimot etish va boshqa texnologiyalar nazarda tutiladi.

Kompyuter grafikasi bilan ishlash kompyuterdan foydalanishda eng ommabop yo‘nalishlardan bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda bu yo‘nalish bilan professional rassomlar va dizaynerlardan tashqari boshqa soha xodimlari ham shug‘ullanmoqdalar.

Biron bir zamonaviy multimedia dasturi yo‘qki, kompyuter grafikasini ishlatmaydigan. Grafik dasturiy vositalaridan keng foydalanish zarurati birinchi bo‘lib Internetning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ldi va unda birinchi navbatda Web sahifalarni tayyorlashda ishlatildi.

Zamonaviy kompyuterlarda matn va jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlardan tashqari grafik ko‘rinishdagi ma’lumotlarni ham qayta ishlash mumkin. Ayrim masalalarning natijalarini kompyuterda grafik ko‘rinishda tasvirlash masala mohiyatini yanada yaqqolroq tasavvur qilishga va xulosa chiqarishga yordam beradi. Grafik axborotlar rasm, shakl va chizmalarda aks etadi. Kompyuterlarda bunday axborotlarni qayta ishlovci maxsus grafik muxarirlari mavjud. Bu grafik muharirlari Picture Maker, Paint, ColerDraw, Fhotoshop, Power Pointlar bo‘lib, ular ichida eng oddiyi va ko‘p ishlatiladigani Paint grafik muharriridir.

Grafik ma’lumotlarni taqdimot etish, ayni paytda MS Power Point – universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlarida amalga oshiriladi. MS Power Point dasturi matnlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videoro‘lik va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan slaydlar yaratish imkoniyatini beradi.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining eng rivojlanib borayotgan sohalaridan biri - bu kompyuter grafikasi vositalaridir. Hozirgi kunda ular ishlatilmaydigan tarmoq bo‘lmasa kerak. Kompyuter grafikasi nafaqat iqtisodiyot masalalarini hal qilishda, balki xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, hozirgi kunda jahondagi ko‘pgina yirik reklama agentliklari hech bir mahsulotni ularsiz ishlab chiqarmaydi.

Kompyuter grafikasi turli xil masalalarda qo‘llanishi bo‘yicha quyidagicha sinflanadi:

-tijoratlik;

-illyustrativlik;

-namoyish etishlik;

-animatsionlik;

-muhandislik;

-ilmiylik.

Kompyuter grafikasi sinflari ichida marketing faoliyatida ko‘proq ikkitasi qo‘llanilada:

-tijoratlik kompyuter grafikasi;

-animatsion kompyuter grafikasi.

Kompyuter grafikalari vositalari asosida ishlab chiqarilgan reklamalarning afzalliklari quyidagilardan iboratdir:

-tasvirlarni tabiiy holiday ishlab chiqarish;

-tovarlarning ichki tuzilishini tasvirlar orqali ko‘rsatish;

-telekommunikatsion kompyuter tarmoqlari orqali chet el davlatlariga uzatish;

-tasvirlarning judayam sifatliligi va har xil rang turlarining ishlatilishi.

Animatsion kompyuter grafikasi – zamonaviy kompyuter va dasturlar asosida jahon andozalariga javob beradigan reklamalarni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, kompyuterlashgan reklamalarning bir daqiqasi rivojlangan mamlakatlarda 3000 dan 50000 AQSH dollarigacha turadi. Yani, bunday reklamalarni ishlab chiqarish nihoyatda murakkabdir. Bu soha katta mablag‘ talab qilishiga qaramasdan tez vaqt ichida foyda berishni boshlaydi. Hozir bu vositalarni reklama ishlab chiqarishda qo‘llash bizning mamlakatimizda ham ancha rivojlanib bormoqda. Marketing faoliyatinig bu sohasida hozirgi kunda quyidagi kompyuter dasturlari keng qo‘llanilmoqda:

  • 3D-STUDIO;


  • Animator Pro for Windows;


  • Corel Draw;


  • Auto CAD va boshqalar.


Bu kompyuter grafik vositalari hozirgi kunda marketing, muhandislik grafikasi va reklama agentliklari sohalarida keng qo‘llanilmoqda.



Download 185.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling