Prezident asarlari. Karimov I. A. «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». 1-jild. T.: «O’zbekiston» 1996 yil. 364 – bet
Download 0.56 Mb.
|
PREZIDENT ASARLARI. Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash
To‘rtinchi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasidan sudning jinoyat ishi qo‘zg‘atishga doir vakolatini chiqarish maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Beshinchi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, asoslari, shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab beradigan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish taklif etiladi. Oltinchi. Faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini har tomonlama qayta ishlash va yangi tahrirda qabul qilish zarur. 1994 yilda qabul qilingan amaldagi mazkur kodeksga o‘tgan davr mobaynida 60 martadan ko‘proq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Yettinchi. Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shu jumladan, prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni o‘rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish talab etilmoqda. Sakkizinchi. Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir. III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. So‘nggi yillarda yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunga, shuningdek, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘z tarkibida 100 dan ortiq elektron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shular jumlasidandir. O‘zbekistonda keyingi yillarda sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. keyingi 10 yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko‘rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling