Prezident asarlari. Karimov I. A. «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». 1-jild. T.: «O’zbekiston» 1996 yil. 364 – bet
Download 0.56 Mb.
|
PREZIDENT ASARLARI. Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish.
Yurtimizda Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan ortib ketgan. Shu boisdan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda:
Birinchi. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» Qonun qabul qilish zarur. Ikkinchi. Demokratlashtirish jarayonlarida ahamiyati tobora ortib borayotgan axborot kommunikatsiyalari sohasining eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan teleradio tizimini rivojlantirishga qaratilgan «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida» Qonun qabul qilish haqida taklif kiritilmoqda. Uchinchi. Ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash mualliflik huquqlari va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bilan bevosita bog‘liqdir. *«Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»*gi qonunlarni qabul qilish taklif etiladi. To‘rtinchi. Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida *«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»*gi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi. IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish. Ma’lumki, Konstitutsiyamizga, shuningdek, “Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga 2003 va 2008 yillarda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bizning qonunchiligimizda saylov kampaniyasining biron-bir ishtirokchisi uchun qandaydir alohida imtiyoz va preferensiyalar berilmasligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga muvofiq, Prezident saylovi, parlament va davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov hozirgi vaqtda qonun bilan belgilangan yagona kunda – ularning konstitutsiyaviy vakolatlari muddati tugaydigan yilning dekabr oyi uchinchi o‘n kunligidagi birinchi yakshanba kuni o‘tkaziladi. 2008 yili saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartishlar muhim bosqich bo‘ldi. Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga. Saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi. siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun saylovchilar imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi. deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi institut kiritildi, deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi shart ekani. 2009 yilgi saylovlar jarayonida deputatlar sonining 22 foizini tashkil etadigan 33 nafar xotin-qiz deputatni saylash imkonini berdi. Senat 15 foizi ayollardir, mahalliy vakillik organlarida 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Birinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi. “Saylovoldi tashviqoti”. Ikkinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borish mumkin emasligi to‘g‘risidagi normani kiritish maqsadga muvofiqdir. Uchinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi. muddatidan oldin ovoz berish tartib-qoidasi. To‘rtinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga “ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek, ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi” degan normani kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Beshinchi. O‘zbekiston Ekologik harakatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga O‘zbekiston Ekologik harakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo‘yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etish huquqini belgilab beradigan qo‘shimcha kiritish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling