Prezident asarlari. Karimov I. A. «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura». 1-jild. T.: «O’zbekiston» 1996 yil. 364 – bet


-moddaning 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish tavsiya etiladi


Download 0.56 Mb.
bet13/52
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1619152
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
PREZIDENT ASARLARI. Word

93-moddaning 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish tavsiya etiladi.
93-moddaning 16-bandini “…O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli” degan so‘zlar bilan to‘ldirish lozim.


II. Sud-huquq tizimini isloh etish.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir.
Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to‘xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo‘zg‘atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo‘ldi.
Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug‘ullanish vazifasi maxsus organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatilganini qayd etish lozim.
Agar 2000 yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo‘lsa, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig‘i apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.
Ayniqsa, 2008 yilda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bu borada g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Shu asosda amaldagi qonunchiligimizga sud-huquq tizimini liberallashtirish, inson huquqlari himoyasini ta’minlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan advokatura mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling