Prezident I


Yoshlar tarbiyasining muhim mezoni


Download 60.5 Kb.
bet2/2
Sana11.02.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1189371
1   2
Bog'liq
polora

Yoshlar tarbiyasining muhim mezoni

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamkorligida yosh avlodni g‘oyaviy tahdid va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sirlaridan himoya qilishning ilmiy-metodik masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan konferensiyada tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, pedagoglar, olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, amaliyotchi psixologlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.


Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Quronov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori Q.Nazarov, “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori V.Karimova, xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Xolbekov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari F.Muhammadjonova davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizda yoshlar kamoloti yo‘lida g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishning mukammal mexanizmi yaratilganini ta’kidladi. O‘quvchi-yoshlarga puxta bilim berish, ularni kuchli ijtimoiy himoyalash, salomatligini mustahkamlash, iste’dodini ro‘yobga chiqarish, har jihatdan qo‘llab-quvvalash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar jarayonida o‘g‘il-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni sog‘lom tafakkur sohibi etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturida qat’iy e’tiqod va qarashlarga ega, ma’naviy tahdidlarga va chetdan ko‘rsatiladigan ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, o‘g‘il-qizlarda mustaqil tafakkurni shakllantirish muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Bu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan birga yoshlar tarbiyasi, ma’naviyatida muhim o‘rin tutuvchi ma’rifat maskanlari – axborot-resurs, badiiy ijodiyot markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar, texnika vositalari bilan ta’minlash, pedagog va murabbiylarning mehnatini qadrlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar barobarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘quvchilarning tafakkurini boyitishga qaratilgan “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Tarix”, “Adabiyot”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” kabi fanlarning samaradorligini yanada oshirish, maktab, mahalla, oila hamkorligini mustahkamlash va kuchaytirishga oid ma’rifiy loyihalar o‘z samaralarini bermoqda.


Anjumanda ta’kidlanganidek, bugungi globallashuv davrida yoshlarni Vatan taqdiri uchun daxldorlik, fidoyilik, hushyorlikka da’vat etishga oid loyihalar, tadbirlar, anjuman va ijodiy seminarlarning ta’sirchanligini yanada oshirish, ularga yoshlarni tobora kengroq jalb etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va unumli tashkil etish, bolalarda milliy adabiyotimiz, kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarning g‘oyaviy-huquqiy mafkurasini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.


Konferensiyada barkamol avlodni shakllantirishda g‘oyaviy himoya masalalari, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan asrashda psixologik xavfsizlikni ta’minlash, o‘quvchi-yoshlar ijodkorligi – barkamollik omili, navqiron avlod tarbiyasida ma’naviyatning o‘rni, maktabdan tashqari ta’lim va g‘oyaviy tarbiya kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi.




Adabiyotlar

  1. Barkamol avlod orzusi. T., «Sharq» 1999, 144-bet-179 bet.

  2. K.Nosirov. Ajdodlar sabog'i. «Jamiyat va boshqaruv», №1-2. 1999 y, 45-bet.

  3. Boboyev X. va boshqalar. Milliy istiqlol mafkurasi va tarqqiyot. T. «Yangi asr avlodi», 2001 y. 3-bet.

  4. A.Begmatov. Ma'naviyat falsafasi yoxud islom Karimov asarlarida Yangi falsafiy tizimning yaratilishi. T., 2000 y. 21-bet.

  5. A.Muxtorov. Shaxs tarbiyasida milliy g'oya, extiyoj va manfaatlar uyg'unligi. T., «Yangi asr avlodi» 2003 y.

Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling