Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning huquq va majburiyatlari
Download 244.64 Kb.
|
233 05.05.2022
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning huquq va majburiyatlari
6. Ixtisoslashtirilgan maktablar: ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim jarayonlarini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari asosida amalga oshirish; ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlarini ishga qabul qilishni Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshirish; o‘z ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan moliyaviy manbalarni jalb qilish; ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni qo‘llagan holda o‘qitilishini ta’minlash, ular xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar va ta’lim muhitini yaratish hamda mazkur jarayonga xorijiy va mahalliy pedagog kadrlarni jalb qilish; ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi fanini chuqurlashtirilgan holda o‘qitish; sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etish; asosiy o‘quv dasturlari bilan birgalikda o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari kasbga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yishga haqli. Ixtisoslashtirilgan maktablar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7. Ixtisoslashtirilgan maktablar: mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida va o‘z ustavida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali bajarishi; ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilarini ushbu muassasalar huzurida yashash joylari bilan bepul ta’minlashi; ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quvchilar uchun autsorsing tizimi orqali bepul sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishi; 10 va 11-sinflar o‘quvchilarining amaliyoti yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida o‘tkazilishini ta’minlashi; o‘quvchilarning fanlarni mukammal egallashi bilan birga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni chuqur anglaydigan, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash, mustaqil fikr va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalanishi bo‘yicha ta’sirchan pedagogik texnologiyalardan foydalanish choralarini ko‘rishi; ta’lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etishi; ta’lim jarayonini tashkil etish shakllari, usullari va vositalarining Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlashi; ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi shart. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. Download 244.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling