Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 244.64 Kb.
|
233 05.05.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2022-yil 5-may, 233-son Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qaroriga ILOVA Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. Ixtisoslashtirilgan maktablar davlat muassasasi hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega bo‘ladi. 3. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 4. Ixtisoslashtirilgan maktablar bevosita Agentlikka bo‘ysunadi. Agentlik ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi. 2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari 5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari hisoblanadi: iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish; tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishni tashkil qilish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish; o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish; o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik san’atini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini oshirish; o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash; ta’lim va tarbiya jarayonlarida o‘quvchilarga vatanparvarlik ruhi, milliy g‘urur va iftixor, o‘z xalqiga muhabbat va sadoqat, O‘zbekiston tarixi, ilmiy-ijodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy merosga hurmat, o‘zlikni anglash, mehnatsevarlik va mas’uliyatlilik, qat’iyat va shijoatlilik g‘oyalarini singdirish; ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilishni aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshirish; kirish imtihonlarini Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) bilan hamkorlikda amalga oshirish; o‘quv dasturlarining uzluksizligini ta’minlash masalalarida milliy va xorijiy umumiy o‘rta va oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Download 244.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling