Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 244.64 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi244.64 Kb.
#1164811
  1   2   3   4   5
Bog'liq
233 05.05.2022




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonining:
a) 2-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 — 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 — 11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshirilishi;
b) 16-bandiga muvofiq:
2022-yilda Agentlik tizimiga o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalarining yuqori turuvchi birinchi darajali budjet mablag‘lari oluvchilarida bo‘shaydigan budjet mablag‘lari hamda Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi;
2023-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
ixtisoslashtirilgan maktablarga aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilish tartibi;
ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’limni aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshirish. Bunda har bir sinfdagi o‘quvchilar sonini 24 nafargacha etib belgilash;
o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari safidan chiqarish yoki chetlashtirish asoslari va tartibi.
3. Prezident ta’lim muassasalari agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.

Download 244.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling