Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Download 244.64 Kb.
|
233 05.05.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Yakunlovchi qoida
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
27. Ixtisoslashtirilgan maktablarni aniq va tabiiy fanlarga yo‘naltirish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 28. Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshiriladi. Har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 24 nafardan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 29. Ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim jarayoni Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida umumiy o‘rta ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. 30. Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi. 31. O‘quvchilarni sinfdan sinfga o‘tkazish Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish natijalariga asosan ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 32. Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi. 33. O‘quvchilar quyidagi hollarda ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari safidan chiqariladi yoki chetlashtiriladi: o‘quvchi o‘z tashabbusi bilan boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga ko‘chirish (ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida) istagini bildirganda; individual ish olib borilishiga qaramasdan, reytingi va akademik o‘zlashtirishning tizimli pasayishi (ketma-ket 2 chorakda ixtisoslik fanlaridan 3 bahoga o‘zlashtirganda) kuzatilganda; sinfdan sinfga o‘tkazish imtihonlaridan o‘ta olmagan taqdirda; kirish imtihonlarini topshirish jarayonlarida o‘quvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda; kirish imtihonlari davomida imtihon topshiriqlarining boshqa o‘quvchi tomonidan bajarilganligi aniqlanganda; ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarini bir marta qo‘pol yoki muntazam ravishda buzilganda. 7-bob. Yakunlovchi qoida 34. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2022-y., 09/22/233/0380-son) Download 244.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling