Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish
Download 244.64 Kb.
|
233 05.05.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilish
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish
8. Ixtisoslashtirilgan maktablar: respublika bo‘ysunuvida Agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tashkil etiladi. 9. Ixtisoslashtirilgan maktablarni qayta tashkil etish va tugatish qonun talablariga muvofiq o‘quv yili yakunida muassis tomonidan amalga oshiriladi. Tugatilgan ixtisoslashtirilgan maktablar muassisi o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar yoki xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalariga o‘tkazish mas’uliyatini oladi. 10. Ixtisoslashtirilgan maktab tugatilgan taqdirda, uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, o‘z majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan maktab ustaviga muvofiq foydalaniladi. 5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilish 11. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. 12. Kirish imtihonlari Markaz tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlarining natijalariga ko‘ra eng yuqori ball olgan o‘quvchilar ballar ketma-ketligida o‘qishga qabul qilinadi. O‘quvchilar faqat o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga qabul qilinadi. 13. Kirish imtihonlari Agentlik tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida o‘qishga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalar to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi. Kirish imtihonlarini o‘tkazish muddatlari Agentlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga, ijtimoiy sahifalariga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 14. Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish maqsadida Agentlik bilan kelishilgan holda ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrug‘i bilan qabul komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasining tarkibi komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. 15. Tanlovda ishtirok etish uchun xohish bildirgan o‘quvchining (keyingi o‘rinlarda — talabgor) ota-onasi (qonuniy vakillari) belgilangan muddatlarda qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni qabul platformasi orqali elektron shaklda taqdim etadi: talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi; talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3x4 o‘lchamdagi fotosurati; o‘quv yili natijasiga ko‘ra talabgor baholar (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlangan xalqaro hamda milliy fan olimpiada g‘olibligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa). Talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning fuqarolik pasporti hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (agar qonuniy vakili tomonidan hujjat topshirilsa, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi), aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili platformaga kiritiladi. 16. Umumta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan talabgorlar ixtisoslashtirilgan maktabning xuddi shunday sinfiga hujjat topshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 17. Hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda; talabgor ta’lim olayotgan maktabning hududiy mansubligi ixtisoslashtirilgan maktabning hududiy mansubligiga mos kelmaganda; talabgor tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda; ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlaridan o‘tish uchun ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini taqdim etganda. Hujjatlarni taqdim etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha mas’uliyat talabgorning ota-onasiga (qonuniy vakillariga) yuklatiladi. 18. Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega. 19. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test sinovi shaklida o‘tkaziladi: a) aniq fanlar yo‘nalishida: matematika (mantiqiy fikrlash) fani; fizika fani (6-sinf va undan yuqori sinflar uchun); ingliz tili fani; b) tabiiy fanlar yo‘nalishida: biologiya fani; kimyo fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun); matematika (mantiqiy fikrlash) fani; ingliz tili fani. 20. Kirish imtihonlari sinov materiallarini tayyorlash Markaz tomonidan, kirish imtihonlarini pavilionlarda o‘tkazish, nazoratchilar bilan ta’minlash Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 21. Ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rinlar) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘z hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi. 22. Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi. 23. Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi. 24. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi. 25. Ixtisoslashtirilgan maktablarning mavjud sinflarida o‘quv yili davomida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu Nizom talablariga muvofiq o‘tkaziladi. 26. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Download 244.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling