Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati


Download 34.46 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi34.46 Kb.
#101114
Bog'liq
Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati


Davlat xokimiyatini boshqaruvini demokratlashda prezidentlik institutlarining o’rni va ro'li. Mustaqillik yillarida Qoraqolpog'iston davlatchiligi
Reja:


  1. Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati

  2. Davlat xokimiyatini boshqaruvini demokratlashda prezidentlik institutlarining o’rni va ro'li

  3. Mustaqillik yillarida Qoraqolpog'iston davlatchiligi


Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi prezidentlik institutiga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.

Bundan yigirma yetti yil avval, 1990 yil 24 martda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida MDH davlatlari ichida esa birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti lavozimi ta’sis etildi (1).

O‘zbekiston tarixida ilk daf’a joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O‘zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida markaziy o‘rinni egalladi. U siyosiy tizimning o‘zagi bo‘lib qoldi. Prezidentlik hokimiyatida Prezidentning davlat boshlig‘i ... vakolatlari mujassamlashgan. Bu hokimiyat jamiyatdagi barqarorlikning va O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan muvaffaqiyatli olg‘a borishining kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchiga aylanib qoldi (2).

O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik lavozimi milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz bilan rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida vujudga keldi.

O‘zbekistonda ta’sis etilgan Prezident lavozimining huquqiy asoslarini tahlil qilib baralla aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda Prezidentning saylanishi, vakolatlari demokratik standartlarga mos to‘la keladi.

Dunyoda prezident lavozimi mavjud bo‘lgan davlatlarni shartli ravishda 3 ga ajratilib, prezidentlik va parlamentar, aralash respublikalar degan tasniflash mavjud. Bunda asosiy mezonlardan biri bo‘lib, Prezidentning saylanish usuli hisoblanib, bevosita xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangan Prezident kuchli vakolatlarga ega bo‘ladi. Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanganda fuqarolar uning saylovoldi dasturi bilan bevosita tanishish, mamlakat va fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalarga nomzodlar e’tiborini qaratish imkoniyati mavjuddir. Konstitutsiyamiz 90-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.

Prezidentni umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash dunyoning 110 ta davlatida qabul qilingan usuldir.

O‘zbekistondagi Prezidentlik institutining o‘ziga xosligi shundaki, bizda davlat boshlig‘ining vakolatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafillik belgilanganligi, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashi, Prezident saylovi kuni Konstitutsiyada aniq belgilab qo‘yilgani, saylov komissiyalarining a’zolari saylovdan manfaatdor biron bir partiya a’zosi, yoki nomzod, uning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin emasligi, Prezident saylovining moliyaviy ta’minoti davlat mablag‘lari tomonidan qoplanishi va teng taqsimlanishi, nomzodlardan hech qanday saylov garovi, saylov fondini tashkil etish talab qilinmasligi, nomzodlarga saylovoldi tashviqotini o‘tkazish uchun davlat hisobidan teng efir vaqti va bosma maydon ajratilishi, yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt hamda joy haqida saylovchilarga barvaqt xabar qilinishi, davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni tashkil etishda, zarur ma’lumot va axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shartligi kabilarda ko‘rishimiz mumkin.



Prezidentlik boshqaruvi -favqulodda holatlar joriy etilganda davlat boshqaruvida qoʻllaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, asosan, federativ tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas, AQSH, Hindiston)da qoʻllaniladi. Subʼyektlar federal konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar roʻy berganda, federativ davlatning yagonaligiga xavf solinganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va shahrik.da amalga oshiriladi. Prezidentlik boshqaruvi davlat boshligʻining maxsus farmoni (dekreti) bilan eʼlon qilinadi. Prezidentlik boshqaruvi paytida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolatlari toʻxtatiladi, ularning vazifasini bajarish prezident tuzadigan organ yoki prezident tayinlagan mansabdor shaxs zimmasiga yuklanadi.O‘zbekistonda Prezidentlik institutining xalqimiz hayotiga yaqinligini mustaqillik yillarida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida saylovchilarning 90 % dan ortig‘i ishtirok etganligidan ham bilib olishimiz mumkin. Jahonning ko‘plab davlatlarida bu raqam odatda o‘rtacha 50-60 %dan oshmasligini ko‘rishimiz mumkin.

Shu ma’noda prezidentlik instituti demokratik institut hisoblanib, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li saylanadi va fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda vakilligini ta’minlashdek konstitutsiyaviy funksiyani bajaradi. Ikkinchidan, Prezident lavozimiga nomzod bo‘lishda O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi. Uchinchidan, Prezident saylovi demokratik standartlarda belgilangan holda halollik bilan ochiq, shaffof o‘tishi, erkin, ixtiyoriy, haqiqiy va adolatli tashkil etilishi va o‘tkazilishi Konstitutsiya va qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. To‘rtinchidan, Prezident vakolatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yiladi. Ya’ni bunda demokratik saylovlar orqali saylab qo‘yilgan vakillari orqali xalq ishtirok etadi. Beshinchidan, monarxiyadan farqli o‘laroq, Konstitutsimiz 1-moddasiga asosan O‘zbekiston – suveren demokratik respublika bo‘lganligi bois Prezidentning lavozimda bo‘lish vaqti konstitutsiyaviy asosda ma’lum muddatlar bilan chegaralangan. Ya’ni Asosiy qonunimizga asosan besh yil muddatga saylanadi. Bu ham demokratik standartlardan bo‘lib, xalq davlat hokimiyatining manbai sifatida davriy asosda o‘z nomidan, ya’ni xalq nomidan ish olib borishi mumkin bo‘lgan shaxsni muqobillik asosida saylab turish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Oltinchidan, respublika Prezidenti lavozimga kirishish oldidan xalq saylagan oliy vakillik organi – Oliy Majlisda qasamyod qabul qilishi ham o‘z qasamyodida birinchi jumla “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga” degan jumlaning o‘ziyoq demokratiyaning belgilari sifatida aytilgan: demokratiya xalqdan chiqishi, demokratiya xalq tomonidan va xalq manfaatlari yo‘lida oshirilishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Yettinchidan, prezidentlik instituti huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi – hokimiyat bo‘linishi prinsipining tarkibiy qismidir.

Prezident lavozimining joriy etilishi o‘zbek davlatchiligi tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi. Chunki shunchaki emas, balki haqiqiy davlatchilik hokimiyatning bunday tuzilmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. ... Prezident boshqaruvini hayotning o‘zi, qayta qurishning mantig‘i, mohiyati, uning murakkab va ziddiyatli jarayonlari taqozo etdi” (3).

Dastlabki bosqichda prezidentlik instituti davlat hokimiyati tizimida markaziy o‘rinni egallab, siyosiy tizimning o‘zagiga aylandi. Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining poydevorini barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bo‘lishi zarurati o‘tish davrida Prezident zimmasiga katta mas’uliyat va strategik vazifalarni hal etish zaruratini yuklash barobarida uning keng vakolatlarga ega bo‘lishini taqozo etdi. Prezident davlat va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatida islohotlarning tashabbuskori, yangilanish va o‘zgarishlar jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.

Demokratiyaga o‘tish jarayoni strategiya va taktik jihatdan kuchli prezidentlik bo‘lishini taqozo etadi, Prezident nafaqat modernizatsiyalashni amalga oshirishi, balki demokratik huquq va erkinliklarning haqiqiy kafili bo‘lishi, jamiyatda buzg‘unchi jarayonlarning ta’sirini yo‘q qilish, bartaraf qilish imkoniga ega bo‘lishi lozim” (4) edi.

Milliy davlatchilik asoslarini shakllantirishga qaratilgan islohotlar natijasida siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam poydevori yaratilib, demokratik islohotlar ortga qaytmas jarayonga aylandi.

Ushbu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri (5) hisoblanmish ushbu bosqichda davlat hokimiyati tizimida o‘zaro mutanosib va barqaror muvozanatni ta’minlash, hokimiyat tizimida prezidentlik institutining o‘rni va roliga oid muhim demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Milliy davlatchiligimiz va biz uchun yangi bo‘lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror topayotgan dastlabki yillarda Prezidentga berilgan huquq va vakolatlarning bir qismini hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tuzilmalariga berish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Agar mustaqillik (6) yillarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 7 marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning 5 tasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga oid XIX bobdagi qator moddalarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani prezidentlik institutining huquqiy asoslari sezilarli takomillashayotganidan dalolat qiladi.

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda prezidentlik instituti O‘zbekistonni davlat mustaqilligiga erishishining asosiy omili bo‘ldi, respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildirdi hamda prezidentlik instituti qaysidir ma’noda davlat mustaqilligi kafili hamda davlat ramziga aylandi.

Prezidentlik instituti ta’sis etilishini hayotning o‘zi, murakkab va ziddiyatli jarayonlar yechimi taqozo etdi. Prezidentlik instituti huquqiy davlatning muhim belgisi bo‘lgan hokimiyat bo‘linishi prinsipining tarkibiy qismi sifatida huquqiy tizimimizga kiritildi. Prezident lavozimi ta’sis etilishi bilan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari faoliyatini o‘zaro kelishtirish, avvalo qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratildi.

Prezidentlik instituti jamiyatdagi barqarorlikning kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchi vazifasini bajarmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishda qanday vazifalar uddalandi?

Ekspertlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalanganini qayd etishadi. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikatsiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o‘r­natishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo‘qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoya­si ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayapti. Bularning barchasi, o‘z nav­batida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit ­yaratmoqda.

Bundan tashqari, huquqiy asoslar “Elektron hukumat” tizimining jadal ravnaqidan, davlat xizmatlari va ma'muriy tartib-taomillarining taraqqiyotidan ortda qolmoqda. ­Amaldagi qonun hujjatlarida davlat hokimiyati organlari ­xodimlarini belgilashda bir qator tushunchalar qo‘llaniladi. Biroq ko‘lamiga ko‘ra, biri-­biridan tubdan farq qiladi. 

Hukumatning 1997 yil 3 iyuldagi qarorida ko‘rsatilgan Davlat xizmatchilarining lavozimlari ro‘yxatiga vazirlik va idoralar, hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda prokuratura idoralari xodimlarining qator lavozimlari kiritilgan. Vaholonki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarida davlat xizmatchisi deganda, faqatgina hokimliklar, vazirlik va idoralar xodimlari tushuniladi. 

Qonunchilikda ayni paytda “ma'muriy-boshqaruv xodimlari” degan tushuncha ham qo‘llanilmoqda. U yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga kiritilmagan qator tashkilotlarni ham o‘z ichiga oladi. Nomenklaturada xo‘jalik boshqaruvi organlari lavozimlari borligi uning asosiy farqi hisoblanadi. Shu bilan birga, qonunchiligimizda saylanadigan mansabdor shaxslar faoliyati tartibga solingan. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ­Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining maqomi hamda vakolatlari belgilab qo‘yilgan. 

Bir qator hujjatlar, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar ayrim davlat organlarining maqomini belgilab beradi. 

Ko‘plab idoralar o‘z maqomi, maqsad va vazifalari belgilangan tegishli nizomlar asosida ish olib bormoqda. 

Ko‘rinib turibdiki, davr davlat xizmatlari sifatini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatining ochiqligi va qonuniyligini ta'minlash bo‘yicha vazifalarni hal qilishni kun tartibiga olib chiqmoqda. Bu vazifalar davlat xizmatchisi huquq va vakolatlarini aniq belgilab berishni taqozo etayapti. Shu bois Prezidentimiz ­Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta'minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratish zarurligini ta'kidlagan edi.

Davlatimiz rahbari yaqin kunlarda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.

Hozirgi kunda yuqori turuvchi lavozimlarga tayinlash va ko‘rsatish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi borasida yagona yondashuv yo‘q, mazkur jarayon jamoatchilik bexabar bo‘lgan ichki hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo‘mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo‘lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga ­xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo‘yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo‘lishi va qonuniy asosga ega bo‘lmog‘i lozim.

Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug‘ilmoqda. 

Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko‘rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko‘rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunda aholi so‘rovlari asosida natijalarni baholash kerak.

Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, bundan keyin joylardagi rahbarlar faoliyatiga, birinchi navbatda, ular boshqarayotgan hududdagi aholidan tushayotgan murojaatlar soni, ularning xalq ichida yurishi, mavjud muammolarning amaliy yechimiga qarab baho beriladi. ­Qisqacha aytganda, ­rahbarlarga ­xalqning o‘zi baho ­beradi.

Amaldagi davlat xizmati tizimida rotatsiya mexanizmi, ya'ni mansabdor shaxsning davlat organlari gorizontal yo‘nalishida ishga ko‘chirilishi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bundan tashqari, davlat organlari xodimlari uchun Yagona tarif setkasi bo‘lishiga qaramasdan, juda ko‘plab idoraviy farqlar va ­istisnolar mavjud. Bu esa, ­oxir-oqibat, mansabdor shaxslarning oylik maoshi hajmiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunda ham yagona yondashuv va standartlar asosida ish olib borish maqsadga muvofiq.

Bugun yangicha hamda mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z ­Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratmasdan sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmasligi aniq.


Shu sababli davlat xizmatini modernizatsiya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish, davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish, davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag‘batlantirilishini ta'minlash davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sifatida belgilab berilgan.

Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat bosh­qaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ­faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek, uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari hamda funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz ­rahbari “O‘zbekiston Respublikasi ­Prezidenti ­Devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. 7 mart kuni esa hukumatning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. 

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ­dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ­ishlab chiqilishi belgilangan. 

Bularning barchasi davlat xizmatchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirishga xizmat qiladi. 



O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston Respublikasining huquqiy holati

 

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomi alohida bobda mustahkamlangan (XVII bob). O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasida “Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasining suvereniteti O`zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida “Qoraqalpog`iston - O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir” deb mustahkamlangan.



1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog`iston Respublikasi tashkil topdi hamda 1993 yil 9 aprelda o`zining Konstitutsiyasini qabul qildi. Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami sifatida e'lon qilindi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati quyidagilarda o`z aksini topgan:

- Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kirishi hamda ular o`rtasidagi o`zaro do`stona munosabatlarning huquqiy asosi;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z davlat ramzlariga ega ekanligini belgilaydi;

- suveren hamda mustaqil davlat ekanligining kafili;

- davlat va ma'muriy hududiy tuzilish masalalarini mustaqil hal qilishi;

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog`iston Respublikasining o`z Konstitutsiyasiga ega bo`lishligi, uning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo`lmasligi ko`rsatilgan. Shuni ta'kidlash joizki sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo`lsa o`sha davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritib bu adolatsizlikka chek qo`ydi. Qoraqalpog`iston suveren Respublikasi bilan mustaqil O`zbekiston Respublikasining bir-butun yaxlitligi mustahkamlangan.1[30]

Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida "O`zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida O`zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish" huquqi belgilangan. 81-moddasida esa “Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini hayotga tatbiq etishni tashkil qiladi" deyilgan.

Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so`zsiz tan olinadi. O`zbekiston fuqarolari uchun majburiy bo`lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog`iston hududida ham majburiydir.2[31]

Qoraqalpog`iston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishini uning o`zi ko`rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini belgilaydi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasida “Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi”. Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, ovullardar iborat. O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o`z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi bo`linmas va daxlsizdir.

Qoraqalpog`istonda davlat tili - qoraqalpoq va o`zbek tillardir. Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida iste'qomat qiluvchi barcha millat va ellatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishi ta'minlanadi hamda davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida javobgar ekanligi qayd etiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z ramzlariga egadir.

- Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat bayrog`i 1992 yil 14 dekabrda qabul qilingan.


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-moddasida Qoraqalpog`iston Respublikasi uchun g`oyat muhim siyosiy mazmun kasb etadi demokratik qoida belgilangan. Unda "Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog`iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega"ligi mustahkamlangan. Bu konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasida: "Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga, ya'ni referendumga qo`yiladi. Referendum o`tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi" deb ko`rsatilgan.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasining 2-bandida ular o`rtasidagi munosabatlar mustahkamlangan bo`lib, unda jumladan shunday deyiladi: “O`zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasining o`zaro munosabatlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida va ular o`rtasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar orqali" tartibga solinadi. Hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan masalalardan biri- O`zbekiston bilan Qoraqalpog`iston Respublikalari o`rtasidagi turli sohalarda ayniqsa iqtisodiy masalalarda o`zaro munosabatlarni keng tarmoqli rivojlantirishga erishishdir.

O`zbek xalqi bilan qoraqalpoq xalqi azaldan do`st, birodar, qon-qarindosh va muruvatlidir. Ularning ma'naviyat birligi va xo`jalik yuritish usul va shakllarining yakdilligi, har ikki xalq o`rtasida qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi va bu holat o`zining konstitutsiyaviy ifodasini topdi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 21-moddasining 3-bandiga ko`ra Qoraqalpog`iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi, 68-moddasida esa Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasining ma'muriy, hududiy birliklari qatoriga kiritilishi, bu ikki xalqning munosabatlari do`stona rishtalarga asoslanganligini anglatadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklariga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustivorligini tan oladi. Bu birinchi navbatda Qoraqalpog`iston Konstitutsiyasi va qonunlarini tamoyil va moddalari mos kelishi kerakligini anglatadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi O`zbekiston va Qoraqalpog`iston o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari bilan chambarchas bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida ham amal qilishi majburiydir. Qoraqalpog`iston xalqini, millatidan qat'iy nazar, Qoraqalpog`iston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Qoraqalpog`iston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy hokimiyat organi Jo`qorg`i Kengesi ish olib boradi. Uning davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish tamoyillariga asoslanadi.

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalarining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasining Jo`qorg`i Kengesi hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyaviylik asosida besh yil muddatda saylanadigan 75 nafar deputatdan iboratdir.

Qoraqalpog`iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyat organlari tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo`lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab o`z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.

Qoraqalpog`iston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.

Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:

qonuniylik, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;

hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlarni, yig`imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish;

fuqarolik kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish, atrof muhitni muhofaza qilish;

fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;

normativ hujjatlarni qabul qilish, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarining vakolat muddati – besh yil, vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z Konstitutsiyaviy nazorat organiga ega bo`lib, uni Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tarkibi saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasiga saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir. Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasiga saylangan shaxslar o`z vazifalarini bajarishda daxilsizdirlar va faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo`ysunadilar. Uni tashkil etish va ish tartibini belgilash Qoraqalpog`iston Respublikasining “Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi to`g`risida”gi qonuni bilan belgilangan.

Qoraqalpog`iston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Qoraqalpog`iston Respublikasining Oliy Sudi, Xo`jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan tuman, shahar sudlaridan iborat. Ular O`zbekiston Respublikasining "Sudlar to`g`risida"gi qonuniga muvofiq o`z faoliyatini olib boradilar. Ushbu qonunda jumladan, "Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi faoliyat ko`rsatadi" deb belgilangan. Ular faoliyatining tashkil etilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari jumlasiga kirib unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi raisi va a'zolari, shuningdek, tuman, shahar sudlarining sudyalari, lavozimlariga nomzodlarni tavsiya qiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi jinoiy, fuqaroviy va ma'muriy sud ishlarini yuritish borasida, sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni olib boradi. 




Adabiyotlar.
1. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida T. O‘zbekiston 2011.

2. Karimov I.A. Inson manfaati , huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir. T.O‘zbekiston 2012.

3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarning qo‘shma majlisidagi nutq. T.O‘zbekiston 2016. 56 b.

4. Mirziyoev SH.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.T.O‘zbekiston 2017.104 b

5. SHarifxo‘jaev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllanishi. T. SHarq, 2003

6. Qirg‘izboev M.Fuqarolik jamiyati genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. T.O‘zbekiston,2010



7. Jalilov A va boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. T. Baktiapess,2015

8. O‘tamurodov A va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‘ati. Lotin yozuvida. T. Turon zamin ziyo. 2017. 23 b.t.
Download 34.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling